Mirzaev Jasurbek Ashiralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax viloyati sug‘oriladigan er va suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini baholash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B173.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Rashid Anarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.V.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nasrulin Aydar Bulatovich, geografiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyati sug‘oriladigan er va suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax viloyatida sug‘orish maqsadida ishlatilgan suv resurslarining sifat va miqdor o‘zgarishlari, sug‘oriladigan maydonlardagi sizot suvlarining sathi va minerallashuv dinamikasining o‘zgarishi yillar kesimida asoslangan;
viloyat sug‘oriladigan tuproqlarining sho‘rlanganlik darajasi dinamikasi yillar kesimida o‘zgarishi ochib berilgan;
ilk bor Jizzax viloyati sug‘oriladigan maydonlarida hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining sifat va miqdor ko‘rsatkich xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan;
sug‘oriladigan maydonlardagi suv-tuproq-tuz rejimi hamda kollektor-zovur suvlaridan qayta foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rlanish darajasi va ularning ekologik holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘oriladigan maydonlardagi er osti sizot suvlarining sathi va minerallashuvining tuproq sho‘rlanishiga salbiy ta’siri hamda yuqori darajada minerallashgan kollektor-zovur suvlaridan sug‘orish maqsadlarida qayta foydalanish usullari №MV-QX-A-QX-2018-91 “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining har xil agrotsenoz sharoitlarda mikrob preparatlaridan foydalanishning ekologik jihatlari” amaliy loyihasida tuproq unumdorligini tiklash, tuproqlarga biotexnologik ishlov berishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 iyundagi 89-03-4397-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasi va er osti suvlarining sathi hamda minerallashuviga qarab biopreparatlarni qo‘llash me’yorlarini belgilash hamda tuproq unumdorligini tiklash imkonini bergan;
sug‘oriladigan maydonlarda hosil bo‘lgan nisbatan kam minerallashgan Jizzax bosh kollektori (JBK) va Oqbuloq kollektor-zovur suvlaridan suv taqchil bo‘lgan yillarda sug‘orish, tuzga chidamli o‘simliklarni etishtirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” Jizzax viloyati boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 13 noyabrdagi 04-02/8-944-son ma’lumotnomasi). Natijada, nisbatan kam minerallashuvli JBK va Oqbuloq kollektor-zovur suvlaridan suv taqchil bo‘lgan yillarda sug‘orish, tuzga chidamli o‘simliklarni etishtirish imkonini bergan.