Ibragimov Boburshoh Bohodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt481.
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuhrat Omonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini joriy etish taklif etilgan;
ilk bor soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha kafillik hamda garov tartiblarini qo‘llash taklif etilgan;
soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshirmasdan ko‘zdan kechirish hamda so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan nazorat qilish taklif etilgan;
soliq to‘lovchilar uchun bir xil imkoniyat yaratish maqsadida alohida va maqsadsiz soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Soliq munosabatlarini tartibga solish tizimi va nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq Kodeksida (139-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 29 noyabrdagi 17/3-34299-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida byudjetga 3467,8 mlrd. so‘m qo‘shimcha daromad hisoblangan;
ilk bor soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha kafillik hamda garov tartiblarini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq Kodeksida (107-108 moddalar) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 10 martdagi 17/1-07626-son ma’lumotnomasi). Soliq qarzlarini to‘lashni kafillik va garov asosida kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini amaliyotga joriy etilishi boqimanda soliq qarzlarini kamayishi uchun xizmat qilgan;
soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshirmasdan ko‘zdan kechirish hamda so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan nazorat qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 29 noyabrdagi 17/3-34299-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshirmaslik bo‘yicha e’lon qilingan monitoring ijrosi hamda soliq qonunchiligi nazoratini ta’minlashga xizmat qilgan;
soliq to‘lovchilar uchun bir xil imkoniyat yaratish maqsadida alohida va maqsadsiz soliq imtiyozlarini bekor qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5755-son farmonida (2-band “v” kichik bandi) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 29 noyabrdagi 17/3-34299-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida 2020 yil 1 choragida davlat byudjetiga qo‘shimcha 132,2 mln.so‘m daromad hisoblangan.