Rajapova Umida Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Milliy gazlamalar tuzilishining tadqiqi asosida yangi turlarini mahalliy xom ashyolardan ishlab chiqish” mavzusidagi, 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.1.PhD/T108
Ilmiy rahbar: Alimbaev Erkin Sharipovich, texnika fanlari nomzodi, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti va Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Doniyorov Bektosh Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli tolali milliy gazlamalar assortimentida yangi namuna turlarini yaratish, loyihalash va ularning tuzilishiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori qatlam tanda ipi abrli ipak hamda pastki qatlam tanda ipi va arqoq iplari paxta iplaridan iborat yangi ikki qatlamli adras matosi yaratilgan;
tanda iplariga abr bezagi berilgan to‘qimalarning ko‘rimliligi tanda bo‘yicha qoplanishlar soni, tanda ipi diametri, tanda bo‘yicha iplar soni va tanda to‘lqin balandligiga bog‘liq holda aniqlangan;
o‘zining elastikligi bilan g‘ijimlanuvchanlik xususiyatini kamaytiradigan, ipak ipiga yaqin bo‘lgan modifikatsiya qilingan nitron tolali ipdan yangi tarkibli Adras matosi ishlab chiqilgan;
Adras matolaridagi abr bezagi berilgan tanda ip to‘lqin balandligining mato sirt bezagiga ta’siri nazariy asoslangan; abrband usulida bezalgan matolarda bir rangdan boshqa rangga o‘tishda oraliqdagi rang davomiyligi ipak iplarida kimyoviy iplariga nisbatan «uzunroq», kimyoviy iplarda esa paxta ipiga nisbatan «uzunroq» ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adras to‘qimalar tuzilishining tadqiqi orqali yangi turlarini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
yangi ko‘rinishli Adras matoga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patenti olingan (“Yangi ko‘rinishli Adras matosi” № SAP 01100). Natijada yangi ko‘rinishli Adras mato ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi;
yangi turdagi ko‘p qatlamli Adras matosi “O’zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi, xususan Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi “Sharq ipagi durdonasi” MChJ korxonasiga joriy etilgan (“O’zbekipaksanoat” uyushmasining 2020 yil 29 dekabrdagi 4-2/2715-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimaning yangicha tuzilish va ko‘rinishga egaligi sababli mahsulot xaridorgirligining ortishi va to‘qimaning tannarxining kamayishiga olib kelgan.