Yuldashev Akmal Gulamjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Idiomatik qo‘shma so‘zlarning lingvokognitiv aspekti (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06–Qiyosiy-adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil10.

Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ibragimxo‘djaev Ismoilxo‘ja Ibragimxo‘djaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz hamda o‘zbek tillaridagi idiomatik qo‘shma so‘zlarning leksik-semantik va lingvokognitiv aspektda tadqiq qilishdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma so‘zlarning struktur-semantikasida idiomatiklik hodisasi chog‘ishtirma aspektda ilmiy asoslangan;

ingliz va o‘zbek tillaridagi idiomatik qo‘shma so‘zlarning konseptual belgisi derivatsion xususiyatlari bilan aloqadorligi isbotlangan;

konseptual metafora, konseptual metonimiya hamda metaftonimiya idiomatik qo‘shma so‘zlar yasalishining kognitiv mexanizmlari ekanligi dalillangan;

ingliz va o‘zbek tillaridagi idiomatik qo‘shma so‘zlarning kognitiv modellari manba, vosita va maqsad maydon tamoyilida ishlab chiqilgan;

olamning lisoniy manzarasini aks ettirishda ingliz va o‘zbek tillaridagi idiomatik qo‘shma so‘zlarning universal va unikal jihatlari dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ingliz hamda o‘zbek tillaridagi idiomatik qo‘shma so‘zlarning leksik-semantik va lingvokognitiv aspekti tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rganish jarayonida idiomatik qo‘shma so‘zlardan foydalanishga doir xulosalar Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi 124-son «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda foydalanildi va ularning mazmuniga singdirildi. Tadqiqot natijalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tilidan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda 3-sinf ingliz darsligining 6-bo‘limi va 3–4-sinflar darslik majmualarining lug‘atini yaratishda foydalanildi (Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2016 yil 16 dekabrdagi 01/11–02/07-1364-son ma’lumotnomasi). Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ushbu darsliklardan o‘rin olgan qisqacha lug‘at, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga va lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;

tadqiqot davomida ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan, takomillashtirilgan usullar va leksika taraqqiyotida idiomatikaning o‘rni, xususan, qo‘shma so‘zlarning yasalishiga, kengayishiga oid nazariy xulosalar Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida bajarilgan FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihaga tatbiq etilgan. (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 14 dekabrdagi FTK 03-13/903-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan «Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati»ni yaratishda foydalanildi. Ilmiy natijalar lug‘aviy birliklarning izohlanishida asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish