Imomov Shuxrat Boymamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinxron aylanuvchi yassi quyosh nurlanish reflektorlari va qisqa muddatli issiqlik jamlovchi qurilmalarga ega bo‘lgan insolyasion isitish tizimlari”, 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №28.04.2016/B2016.2.T679.
Ilmiy rahbar: Avezov Rabbanakul Raxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA “Fizika-Quyosh” IIChB Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Raximov Rustam Xakimovich, texnika fanlari doktori., Sadullaev Nasullo Ne’matovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinxron aylanuvchi yassi quyosh nurlanish reflektorlari va qisqa muddatli issiqlik jamlovchi qurilmalarga ega bo‘lgan insolyasion isitish tizimlaridan foydalanish samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh harakatiga mos ravishda sinxron aylanuvchi yassi quyosh nurlanish reflektorli, quyosh havo isitgich va issiqlik jamlagichga ega bo‘lgan energiya tejamkor quyosh isitish qurilmasi ishlab chiqilgan;
tashqi havo harorati, quyosh radiatsiyasi, insolyasiya davomiyligi kabi parametrlarning o‘zgarishini hisobga olgan holda “yassi reflektorlar-quyosh havo isitgich-issiqlik jamlagich-bino” tizimining issiqlik va radiatsiya rejimi asoslangan;
tashqi havo harorati, quyosh radiatsiyasi, issiqlik quvvati va hajmiy issiqlik berish koeffisientini hisobga olgan holda “quyosh havo isitgich-issiqlik jamlagich” tizimining dinamik rejimdagi issiqlik balansi ishlab chiqilgan;
sinxron aylanuvchi yassi quyosh nurlanish reflektorining quyosh harakati va soyalanishga bog‘liq bo‘lgan, binoning balandligiga nisbatan o‘rnatiladigan eng qisqa masofasi, soni hamda oraliq masofalarini optimal o‘lchamlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sinxron aylanuvchi yassi quyosh nurlanish reflektorli va qisqa muddatli issiqlik jamlovchi qurilmalarga ega bo‘lgan insolyasion quyosh isitish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sinxron aylanuvchi yassi quyosh nurlanish reflektorlari va issiqlik jamlovchi qurilmalarga ega energiya tejamkor quyosh isitish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari Qashqadaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 05/034-4336-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyati iqlim sharoitida bir isitish mavsumida 58% gacha tabiiy gaz yoqilg‘isini tejashga erishilgan;
tashqi havo parametrlari o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda “yassi reflektorlar-quyosh havo isitgich-issiqlik jamlagich-bino” tizimining issiqlik va radiatsiya rejimi asoslangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 05/034-4336-son ma’lumotnomasi). Natijada, isitish mavsumida binoni issiqlik yuklamasining 50% qismini quyosh energiyasi hisobidan qoplash imkoniyati yaratilgan;
sinxron aylanuvchi yassi quyosh nurlanish reflektorli qurilmaning quyosh harakati va binoga nisbatan soyalanishiga bog‘liq optimal parametrlari asoslangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 05/034-4336-son ma’lumotnomasi). Natijada, shimoliy nur qabul qilgich orqali isitish mavsumi davomida o‘rtacha 3,5-5,0 marta ko‘p quyosh energiyasini to‘plash imkoniyati yaratilgan.