Dusmuxamedov Alisher Ismatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Taqsimli-integrallashgan avtomatlashtirilgan bojxona axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari va algoritmik modellari»,
05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1106.
Ilmiy rahbar: Saidov Abdusobirjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Komil Fikratovich texnika fanlari doktori, dotsent; Islomov Shaxboz Zokir o‘g‘li texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bojxona organlarning taqsimli-integrallashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari va algoritmik modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona organlarining avtomatlashtirilgan uch qatlamli taqsimlangan axborot almashinuv tarmog‘i bo‘ylab aylanuvchi axborot oqimi va integrallashgan yagona ma’lumotlar bazasi konfidensial axborot resurslari xavfsizligini ta’minlashning verifikatsiya usuli mezonlari ishlab chiqilgan;
bojxona tizimida tashqi savdo axborot resurslari ma’lumotlar bazasini yaratishga qo‘yiladigan talab va tamoyillar shakllantirilgan hamda uni boshqarishda konfidensial axborot resurslari xavfsizligini taminlashning etalon va adaptiv modellari yaratilgan;
bojxona organlarining taqsimli-integrallashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari hayot siklida axborot resurslarini himoyalash shartlariga moslashtirilgan mul`tikaskadli spiral modellari va boshqarish algoritmi taklif etilgan;
bojxona axborot resurslari foydalanuvchilarga nisbatan axborot xavfsizligini ta’minlashning gorizontal va vertikal shartlari, uning axborot modeli hamda axborot resurslarini himoya qilish tizimini boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Taqsimli-integrallashgan avtomatlashtirilgan bojxona axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari va algoritmik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bojxona organlarining taqsimli-integrallashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari hayot siklida axborot resurslarini himoyalash shartlariga moslashtirilgan mul`tikaskadli spiral modellari va boshqarish algoritmi asosida yaratilgan «Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi administratori» tizimi O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 27 noyabrdagi
03-05/6-10009 - sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida foydalanuvchilarni DBQ Markaziy apparatiga kelmasdan, hududiy bojxona boshqarmalari miqyosida masofadan turib foyladanuvchilar huquqlarini ma’murlash imkonini yaratilgan hamda mazkur faoliyat ishlari uchun sarflanadigan vaqt 21 soatdan 12 soatga qisqargan, yoki 57,1%ga samaradorlikka erish imkonini bergan;
bojxona tizimida tashqi savdo axborot resurslari ma’lumotlar bazasini yaratishga qo‘yiladigan talab va tamoyillar shakllantirish va uni boshqarishda konfidensial axborot resurslari xavfsizligini taminlashning etalon va adaptiv modellari asosida bojxona organlarining axborotlashtirish ob’ektlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, texnik va jismoniy himoya qilish masalalariga bo‘lgan talablarni o‘z ichiga olgan «Axborot xavfsizligi siyosati» hujjati O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi va hududiy boshqarmalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 27 noyabrdagi
03-05/6-10009 - sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida bojxona tizimigi tashqi savdo axborot resurslari ma’lumotlar bazasini boshqarishda konfidensial axborot resurslari xavfsizligini taminlash imkonini bergan.
bojxona organlarining avtomatlashtirilgan uch qatlamli taqsimlangan axborot almashinuv tarmog‘i bo‘ylab aylanuvchi axborot oqimi va integrallashgan yagona ma’lumotlar bazasi konfidensial axborot resurslari xavfsizligini ta’minlashning verifikatsiya usuli mezonlari asosida «Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining bojxona organlari axborot tizimlari va axborot resurslari uchun axborot xavfsizligi na’munaviy talablari» Armaniston Respublikasi, Ozarbayjon Respubliksi, Belorus` Respublikasi, Rossiya Federativ Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi hamda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 27 noyabrdagi 03-05/6-10009 - sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarining bojxona organlari axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini oshirishga imkon bergan.