Beknazarov Jasur Xolmamatovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zgaruvchan parametrli va qayishqoq elementli tishli uzatmalar konstruksiyasini ishlab chiqish va hisoblash usullari», 05.02.02-Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/T1595.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Sobirov Xolxuja Abbozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zgaruvchan parametrli, tarkibli, qayishqoq elementli tishli g‘ildiraklari bo‘lgan mexanizmning resurstejamkor konstruksiyasi va hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibli, qayishqoq elementli tishli g‘ildiraklarga ega yangi tishli uzatmaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va ortiqcha bog‘lanishlarni aniqlash usuli asoslangan;
amortizator-vtulkalarning radiuslari hamda uning dinamik parametrlarini hisobga olgan holda tishli g‘ildiraklarning qayishqoq elementlarini aylanma siljishlari va mexanizmning uzatish nisbati aniqlangan;
yuritmasida qayishqoq elementli tishli g‘ildiragi bo‘lgan «Val`s» texnologik mashinasi elektr yuritgichini mexanik xarakteristikasi, texnologik qarshilikni, qayishqoq elementlarning bikirlik-dissipativ xususiyatlarini inobatga olgan holda dinamik paramertlari asoslangan;
texnologik mashinada amortizatsiya lentalarni ishchi barabanlar orasidan o‘tishida hosil bo‘lgan texnologik qarshilik ortishi bilan vallarning burchak tezliklarini kamayishi aniqlangan;
tarkibli tishli g‘ildiraklar vallaridagi burchak tezliklar, burovchi moment va shovqinning qayishqoq elementlar bikirliklariga hamda qarshilik momentlariga bog‘liq holda o‘zgarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zgaruvchan parametrli va qayishqoq elementli tishli uzatmalar konstruksiyasini ishlab chiqish va hisoblash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qayishqoq elementli tishli g‘ildirakni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «NAVOIY SUV TA’MINOTI» MChJga joriy etilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 01/05-4956-son ma’lumotnomasi). Natijada, S2U-160 ikki pog‘onali reduktorning takomillashgan konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan tarkibli qayishqoq elementli tishli g‘ildirakli mexanizm bilan jihozlangan S2U-160 ikki pog‘onali reduktorning takomillashgan konstruksiyasi «NAVOIY SUV TA’MINOTI» MChJga joriy etilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 1/05-4956-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekspluatatsion samaradorlikni 12-15 foizga oshirishga erishilgan.