Xo‘janova Tamara Jo‘raevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mafkuraviy profilaktika-yosh avlodni g‘oyaviy himoyalash omili (ijtimoiy- falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal225
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Xudaybergenov Abidjon Adilovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini turli yod g‘oyalardan himoyalashda mafkuraviy profilaktikaning konstruktiv ahamiyatini asoslash va uning ilmiy-konseptual asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson milliy-ma’naviy salohiyatining namoyon bo‘lishida milliy an’ana, xulq-atvor, axloq-odob, diniy aqidalarning mushtarakligi birlamchi omil ekanligi falsafiy asoslangan; 
mafkuraviy profilaktikaning yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishdagi konstruktiv ahamiyati va strategik yo‘nalishi davr xarakteri nuqtai nazaridan ochib berilgan;
mustahkam oilani shakllantirishda mafkuraviy profilaktikani substansional tarbiyaviy funksiyasining uzluksizlik tamoyili dalillangan; 
yoshlarni mafkuraviy tarbiyalash va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish dialektikasi falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mafkuraviy profilaktika - yosh avlodni g‘oyaviy himoyalash omili ekanligiga doir ishlab chiqilgan takliflar asosida:
inson milliy-ma’naviy salohiyatining namoyon bo‘lish shakli sifatida milliy an’ana, xulq-atvor, axloq-odob, diniy aqidalarning mushtaraklik ramziga doir taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Milliy g‘oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlari va omillari” deb nomlanuvchi 11-bobi mavzularini va “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda milliy g‘oyaning ahamiyati” deb nomlanuvchi 23-bobining mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 89-03-5216-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda milliy g‘oyani rivojlantirish hamda yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
yoshlarni mafkuraviy profilaktika ruhida tarbiyalash jamiyat taraqqiyotining garovi ekanligi asoslanganligiga oid amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif-tavsiyalaridan Respubika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan “Mamlakatimizdagi barcha fuqarolik, ijtimoiy va demokratik institutlar o‘rtasida milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish masalalari” mavzusidagi PZ-20170930366 raqamli amaliy grant loyihasi rejalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respubika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 12 avgustdagi 0209-1067-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzluksiz ma’naviy tarbiya hamda milliy g‘oya targ‘ibotida, shuningdek, targ‘ibot materiallari va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan; 
mustahkam oilani shakllantirishda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarni umuminsoniy qadriyatlar va ezgu an’analarga munosib ruhda tarbiyalashga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarning innovatsion maktabi” mavzusidagi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019 yil 24 oktyabrdagi 997-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh oilalarni mehrli bo‘lishga da’vat qilish va oila a’zolari o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirishga samarali xizmat qilgan;
yoshlarni mafkuraviy jihatdan tarbiyalash asosida ularning dunyoqarashini yuksaltirishning nazariy va amaliy masalalariga oid taklif va tavsilaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan respublikamizning Surxondaryo, Samarqand va Qoraqolpog‘iston singari hududlarida 2019 yil iyul`-avgust oylarida o‘tkazilgan “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” tanlovi konsepsiyasi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 10 dekabrdagi 0413/6193-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar kasbiy mahoratini oshirib borishga va dasturlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish