Saparbaeva Gulandam Masharipovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘zaki muloqot akti va uning leksik-grammatik xususiyatlari”, 10.00.01 –  O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/Fil1414.
Ilmiy rahbar: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi og‘zaki muloqot aktining tiplarini aniqlash, sotsiolingvistik tadqiqotlarda inson omili, tafakkur tarzi va ijtimoiy faoliyati, individual leksikoni, ob’ektga munosabati, muloqot jarayonidagi o‘rni va lingvokul`turologik omillarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon tilshunosligida umume’tirof etilgan J.Ostin va J.Seyorlning nutqiy akt nazariyalari asosida o‘zbek tilidagi og‘zaki muloqot aktiga mansub diskurslar sotsiolingvistik jihatdan leksik-grammatik qatlam ekanligi dalillangan;
o‘zbek tilidagi og‘zaki muloqot aktlarining shakllanishi “muallif – muloqot akti – uni keltirib chiqaruvchi asl sabab voqeligi”dan iboratligi asoslangan hamda kommunikativ jarayonni belgilovchi og‘zaki muloqot nutqini lokusiya, illokusiya va perlokusiya aktlari kabi tiplari aniqlangan;
og‘zaki muloqot aktida muloqot ishtirokchilari foydalanadigan leksik birliklar individual, ijtimoiy guruh va umumxalq tili leksikoniga ajratilgan hamda ularning kontekstual va konseptual kategoriyalardan iboratligi dalillangan;
o‘zbek tilining og‘zaki muloqot akti takroriy, boshqaruvchi, tasdiq, ifodalovchi va moslashtiruvchi lingvistik birliklardan iboratligi aniqlangan hamda kommunikativ diskursga mansub murojaat shakllari anaforik, kataforik va ekzoforik turlardan iboratligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘zaki muloqot akti va uning leksik-grammatik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek tilidagi og‘zaki muloqot aktlari rasmiy va norasmiy tiplarga bo‘linishi haqidagi ilmiy xulosalari hamda kommunikativ jarayonni belgilovchi leksik birliklarga nisbatan og‘zaki muloqotning diskurs belgilari atamasini qo‘llashga doir nazariy umumlashmasidan Urganch davlat universitetining Erasmus + dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2- CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” grant loyihasi doirasidagi “Virtual muloqot” kursini yaratishda foydalanilgan (Ӯzbekiston Respublikasi Oliy va ӯrta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5592-son ma’lumotnomasi). Natijada til va nutq birliklarini zamonaviy tilshunoslikning antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida tahlil etish metodikasi takomillashtirilib, rasmiy va norasmiy og‘zaki muloqot matnining grammatik va leksik-semantik vositalari derivatsion aspektining nazariy hamda amaliy asoslari o‘quv amaliyotiga tatbiq qilingan; 
o‘zbek tilidagi og‘zaki muloqot aktiga mansub diskurslar sotsiolingvistik nuqtai nazardan alohida leksik-grammatik qatlam ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Ӯzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyiӽasida foydalanilgan (Ӯzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03172-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili og‘zaki muloqot aktiga mansub lisoniy materiallarning lingvomadaniy va  sotsiolingvistik xususiyatlarini oydinlashtirishga erishilgan;
o‘zbek tilining og‘zaki muloqot akti takroriy, boshqaruvchi, tasdiq, ifodalovchi va moslashtiruvchi lingvistik birliklardan iboratligi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalari, shuningdek, og‘zaki muloqot jarayonida moslashtiruvchi diskurs markerlarining qo‘llanish o‘rniga oid tavsiyalardan “Ichan-qal’a” gid hamrohlar faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi  05-12-08-50-son ma’lumotnomasi). Natijada Ichan-qal’a davlat muzey qo‘riqxonasida faoliyat olib boradigan gidlarning og‘zaki nutqiy muloqot jarayonida sӯz va sӯz birikmalari lug‘aviy ma’no doirasidan chiqib, kontekstual ma’no ӽosil qiluvchi turli stilistik vositalardan foydalanish malakasini shakllantirishga erishilgan;
o‘zbek tili og‘zaki muloqot aktidagi kommunikativ diskursga mansub murojaat shakllarining anaforik, kataforik va ekzoforik turlardan iboratligi haqidagi ilmiy xulosalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining «Tilimizni o‘rganamiz» ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 4 dekabrdagi 1555-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda o‘zbek tilining nufuzi, rivojlanish jarayonlari, jonli so‘zlashuv jarayonidagi og‘zaki nutqiy muloqotda ona tili boyligining aks etishi bilan bog‘liq masalalarni atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan;
og‘zaki muloqot aktida foydalanadigan leksik birliklar individual, ijtimoiy guruh va umumxalq tili leksikoniga mansubligi hamda semantik jihatdan kontekstual va konseptual kategoriyalarga bo‘linishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida 2017 yilda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 martdagi 49-bayoni asosida xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshirilgan “Ogahiy tomonidan fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Axloqi muhsiniyn” asarini tabdil qilish, nashrga tayyorlash va chop etish” grant loyihasida asar matnida uchraydigan so‘zlarni to‘g‘ri tabdil qilish va izohlashda foydalanilgan (O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasining 2020 yil 16 noyabrdagi 169/2-20-son ma’lumotnomasi). Pirovardida ushbu asarlar lug‘at qismida keltirilgan so‘zlarning etimologik, leksik-semantik izohi yanada mukammallashgan, kitobxonga tushunarlilik darajasi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish