Raxmonov Sunnatillo Mavlonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amir Temur davrida tasavvufning ijtimoiy ma’naviy roli”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal182.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Maxmudov Ravshanbek Jalilovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyoda tasavvufning ijtimoiy-ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy o‘rnini zamonaviy falsafiy yondashuvlar asosida tadqiq etish, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda yoshlarning ma’naviy-ruhiy kamolotga erishishiga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur tasavvufning axloqiy poklik, bag‘rikenglik kabi asosiy qoidalaridan saltanat boshqaruvida mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan mazhablararo va tariqatlararo nizolarni bartaraf etib ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda amaliy foydalanganligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan; 
Amir Temur davrida tariqat namoyondalarining ijtimoiy-siyosiy tashabbuskorlik (ijtimoiy vositachilik va homiylik) faoliyatlari hamjihatlik va ijtimoiy totuvlikni ta’minlash mezoni ekanligi mantiqiy dalillangan;
Amir Temur tasavvufning muhim ruhiy – ma’naviy omillari bo‘lgan poklanish, to‘g‘ri va sofdil bo‘lish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, mehr-shafqatli bo‘lish kabi komillik mezonlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib berganligi asoslangan;
Amir Temur davrida Naqshbandiylik tariqatining diniy-irfoniy asoslari (zuhd, faqr, sabr, tavba, tavakkul) mustahkamlanganligi va tariqatlar orasidagi bag‘rikenglik, hamkorlik, murosachilik tamoyillarini o‘rnatishda Naqshbandiylikning yetakchilik  roli ishonchli argumentlar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Amir Temur va temuriylar davlatida diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy hamkorlik, ahloqiy poklik, adolatlilik, sabrli bo‘lish kabi ma’naviy-axloqiy tamoyillarning mohiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlarining yoshlar tarbiyasiga ta’siri borasidagi ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalaridan “Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar” nomli o‘quv qo‘llanmaning IX-XVI boblari va XVII bobining 2-bo‘limi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89/03-920-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda o‘z tarixiga nisbatan ehtirom tuyg‘usini shakllantirib, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan kamolotga etishishiga xizmat qilgan.
Amir Temur tasavvufning muhim ruhiy-ma’naviy omillari bo‘lgan poklanish, to‘g‘ri va sofdil bo‘lish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr-shafqat ko‘rsatish kabi g‘oyalarini xalqqa singdirish uchun kurash olib borganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining “Yoshlar va qonun” nomli Konsepsiyasini va “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish muammo va istiqbollari” kompleks chora tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2020 yil 12 fevraldagi 04-13/626-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning jamiyat ishlariga dahldorlik xissiyoti, aktiv hayotiy pozisiyasi kuchayishiga, yoshlar orasida jinoyatchilik darajasini kamaytirishga xizmat qilgan;
Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda tariqat namoyondalarining tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy tashabbuskorlik faoliyatlariga oid konstruktiv taklif-tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mavzusidagi 46-11/50 raqamli amaliy grant loyihasining “Ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli tahlil etish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish” nomli 11-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2020 yil 7 fevraldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish