Eshmuratov Abduvaxab Muratkasimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xoldorxon” dostonining lingvostilistik xususiyatlari (Ergash Jumanbulbul o‘g‘li varianti asosida)” 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil512
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent;
Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Xoldorxon” dostoni fonetik, leksik-frazeologik elementlarining lisoniy tabiati, sintaktik qurilishidagi stilistik figuralarning qo‘llanilish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Doston epik matnidagi ayol, toza, qobirg‘a, qavat, ang‘ishlamoq-kishnamoq, jaynamoq-yayramoq kabi leksik-grammatik hamda uyushiq bo‘laklar, kirish so‘zlar va undalmalar kabi sintaktik xususiyatlari ochib berilgan hamda baxshining badihago‘ylik iqtidori so‘zlarning semantik qamrovini kengaytiruvchi yetakchi vosita ekanligi aniqlangan;
“Xoldorxon” dostoni tilidagi so‘zlarda tovushlar almashish, orttirilish, tushish va o‘zgartirilish kabi fonopoetika elementlari mavjudligiga asoslangan holda baxshi epik repertuaridagi je-lovchi qipchoq tip shevalariga xos fonologik xususiyatlar saqlanib qolganligi dalillangan;
ekstralingvistik mezonlar asosida dostondagi grammatik vositalarning funksional-stilistik, yozma va so‘zlashuv nutqiga xos stilistik xususiyatlari epik matnning semantik tabiatiga ta’sir qilishi asoslangan;
doston matnidagi o‘xshatish, epitet, mubolag‘a, takror va stilistik formulalar baxshining badiiy-estetik qarashlarini ifoda etuvchi lingvomadaniy birlik vazifasini bajarganligi isbotlangan;
“Xoldorxon” dostoni tilidagi leksik qatlamning funksional-semantik xususiyatlarini boshqa dostonchilik maktabiga mansub ijodkorlar asarlari tilining lingvopoetik talqinlari bilan qiyoslash natijasida har bir epik an’anaga mansub baxshilarning badiiy tili o‘sha hududdagi lingvomadaniy muhitni o‘zida mujassamlashtirganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Xoldorxon” dostonining lingvostilistik xususiyatlari tadqiqi natijalari asosida:
doston epik matnidagi ayol, toza, qobirg‘a, qavat, ang‘ishlamoq-kishnamoq, jaynamoq-yayramoq kabi leksik-grammatik hamda uyushiq bo‘laklar, kirish so‘zlar va undalmalar kabi sintaktik xususiyatlar ochib berilgan hamda baxshining badihago‘ylik iqtidori so‘zlarning semantik qamrovi ifodalanishiga doir xulosalardan FA–F1–G–041  raqamli  “O‘zbek  tili leksikasi  va  terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” (2012-2014) mavzusidagi fundamental loyihaning lug‘at qismini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 dekabrdagi 89-03-5210-son ma’lumotnomasi). Natijada fitonimik va ornitologik leksemalarning izohlari boyigan, mukammallashgan; zoonimlar bilan bog‘liq ilmiy izohlar tuzilgan, sohaga oid o‘zbekcha terminlar sifat jihatdan ma’lum darajada yangilangan;
“Xoldorxon” dostoni tilidagi so‘zlarda tovushlar almashishi, orttirilishi, tushishi va o‘zgartirilishi kabi fonopoetika elementlari mavjudligiga asoslangan holda baxshi epik repertuaridagi je-lovchi qipchoq tip shevalariga xos fonologik xususiyatlar saqlanib qolganligi haqidagi doir xulosalardan OT-F1-76 “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” mavzudagi fundamental loyihadagi 36-65-jildlarining kirish va lug‘at bo‘limlarini yozishda (2020-2021) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 dekabrdagi 89-03-5210-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dostonning akademik nashrini tayyorlash jarayonida asar matnidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan dialektal va tarixiy-etnografik ma’no kasb etuvchi lug‘aviy birliklarning mohiyatini oydinlashtirishga erishilgan;
ekstralingvistik mezonlar asosida dostondagi grammatik vositalarning funksional-stilistik, yozma va so‘zlashuv nutqiga xos stilistik xususiyatlari epik matnning semantik tabiatiga ta’sir qilishi haqidagi xulosalardan Jizzax davlat institutida bajarilgan (2016-2017) “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi MUZ-2015-0725140051 raqamli amaliy loyihaning “Iboralar va ularning uslubiy xususiyatlari” bo‘limini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 89-03-4950-son ma’lumotnomasi). Natijada inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘ati yangi illyustrativ misollar bilan boyitilgan va so‘zliklarning leksikografik izohlari mukammallashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish