Normatov Sherzod Mirzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk o‘rta asrlar davri O‘rta Osiyoning janubida migratsiya va etnomadaniy jarayonlar», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  V 2020.3. PhD/ Tar 731 
Ilmiy rahbar: Eshov Boxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD. 03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Nigora Ashirovna, tarix fanlari doktori; Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d va Toxariston hududlaridagi migratsiya jarayonlari, o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ta’sirlar, etnomadaniy va diniy e’tiqodlar munosabatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d va Toxariston tarixiy-geografik o‘lkalari orasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy aloqalarning  o‘zaro kuchayishiga mintaqadagi migratsiya jarayonlarining jadallashuvi sabab ekani  aniqlangan;
So‘g‘d va Toxaristondagi davlatchilik boshqaruvi hujjatlarida har ikkala yurt tillariga oid unvon va boshqaruvga aloqador “yabg‘u”, “tegin”, “tarxon”, “tudun”, “cho‘r”, “eltabar”, “xisu eltabar”, “tudun tarxon”, “shad”, “ishbara”, kabi atamalar uchrashi ochib berilgan;
So‘g‘d va Toxariston orasidagi migratsiya jarayonlari xalqlarning etnik assimilatsiyasiga ham ta’sir etishi iqtisodiy munosabatlar va madaniy aloqalarda namoyon bo‘lishi  ko‘rsatib berilgan;
ilk o‘rta asrlardagi etnomadaniy munosabatlarning davlatchilik, shaharlar taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotga ta’siri va bu holatning san’at va badiiy hunarmandchilikda o‘z aksini topgani kulolchilik buyumlari, terrakotalar va numizmatik yangi topilmalar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk o‘rta asrlar davri O‘rta Osiyoning janubida migratsiya va etnomadaniy jarayonlariga doir ilmiy natijalari asosida:
ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d va Toxariston tarixiy-geografik o‘lkalari orasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy aloqalarning  o‘zaro kuchayishini mintaqadagi migratsiya jarayonlarining jadallashuviga sabab bo‘lganligiga doir ilmiy xulosalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘iga asosan (ro‘yxatga olish raqami 394-186) “O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi” nomli darslikning “Ilk o‘rta asrlar davlatchiligi tarixi (V-VII asrlar) nomli 4-mavzusini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2584-son ma’lumotnomasi). Natijada ilk o‘rta asrlar davlatchiligi tarixini kengroq yoritilish imkonini bergan; 
So‘g‘d va Toxariston orasidagi migratsiya jarayonlari  xalqlarning etnik assemilatsiga ham ta’sir etishi iqtisodiy munosabatlar va madaniy aloqalarda namoyon bo‘lishiga doir ilmiy natijalaridan OT-F8-002 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2584-son ma’lumotnomasi). Natijada dastlabki sivilizatsiyalar tarixini ekskurs yoritishda ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d va Toxaristonda yuz bergan siyosiy va etnomadaniy jarayonlarni asoslash va va bu jarayonning ijtimoiy omillarini ko‘rsatib berish imkonini bergan;
ilk o‘rta asrlardagi etnomadaniy munosabatlarning davlatchilik, shaharlar taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotga ta’siri va bu holatning san’at va badiiy hunarmandchilikda o‘z aksini topganligiga oid  ilmiy xulosalaridan Qashqadaryo viloyati “Shahrisabz” davlat muzeyi qo‘riqxonasidagi tangashunoslik ma’lumotlari, arxeologik topilmalar, o‘zaro etnomadaniy aloqalar va migratsiya jarayonlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar muzeyning “Kesh tarixi va madaniyati” ekspozisiyasida namoyish etilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2020 yil 03 avgustdagi 01-12-10-3289-son ma’lumotnomasi). Natijada ilk o‘rta asrlar davri O‘rta Osiyoning janubida migratsiya va etnomadaniy jarayonlarning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga yangi ma’lumotlar berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish