Barakaev Otabek Otaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimida audit va auditorlik hisobotini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt516.
Ilmiy rahbar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy korporativ boshqaruv tizimida audit va auditorlik hisobotini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«auditorlik tekshiruvi» va «auditorlik xulosasi» tushunchalariga ishonchlilik mezonini kiritish asosida takomillashgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
auditorlik faoliyatiga sifat nazorati, tahliliy tekshiruvlar, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlar, turdosh xizmatlarni kiritish asosida auditning xalqaro me’yorlariga muvofiqlashtirilgan;
korporativ boshqaruv tizimida audit qo‘mitasi hamda ichki auditni tashqi audit bilan ahamiyatli bog‘liqlik darajasini bir foizgacha bo‘lishini ta’minlash asosida auditorlik faoliyati samaradorligini 2,5 barobarga oshirish asoslangan;
audit qo‘mitasini tashkil etish orqali zamonaviy korporativ boshqaruv tizimida auditorlik faoliyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimida audit va auditorlik hisobotini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«auditorlik tekshiruvi» va «auditorlik xulosasi» tushunchalariga ishonchlilik mezonini kiritish asosida ishlab chiqilgan takomillashgan mualliflik ta’rifi O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-677-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 18 yanvardagi 04/1-61-son, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 7 yanvardagi 06/17-02-35/10-23-son va 2020 yil 30 oktyabrdagi 06/17-03-37/418-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tekshiruvlarining samarali o‘tkazilishi hamda ishonchli auditorlik xulosalarini tuzish imkonini bergan;
auditorlik faoliyatiga sifat nazorati, tahliliy tekshiruvlar, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlar, turdosh xizmatlarni kiritish asosida auditning xalqaro me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ 677-son Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3946-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 7 yanvardagi 06/17-02-35/10-23-son va 2020 yil 30 oktyabrdagi 06/17-03-37/418-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 18 yanvardagi 04/1-61-son ma’lumotnomalari). Natijada, auditorlik faoliyatining umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq moslanishi, auditorlik xizmatlari sifatining oshishi va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchi hamda moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini ta’minlangan;
korporativ boshqaruv tizimida audit qo‘mitasi hamda ichki auditni tashqi audit bilan ahamiyatli bog‘liqlik darajasini bir foizgacha bo‘lishini ta’minlash asosida auditorlik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 7 yanvardagi 06/17-02-35/10-23-son va 2020 yil 30 oktyabrdagi 06/17-03-37/418-son ma’lumotnomalari). Natijada, korporativ nazoratni kuchayishi tufayli ular o‘rtasida ishonchli va shaffof axborot bilan ta’minlanishga hamda korporativ boshqaruv tizimida auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshishiga olib kelgan;
audit qo‘mitasini tashkil etish orqali zamonaviy korporativ boshqaruv tizimida auditorlik faoliyati takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-677-son Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-6096-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 18 yanvardagi 04/1-61-son va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 9 dekabrdagi 5905/03-26-son ma’lumotnomalari). Natijada, korporativ boshqaruv tizimida nazorat organini tashkil etilishi, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etilishi, tashqi va ichki auditorlik tekshiruvlari sifatining oshishiga xizmat qilgan.