Anarboev Muxiddin Almanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reaktiv quvvatni boshqarish tizimlari uchun funksiyalarining imkoniyatlari kengaytirilgan elektromagnit tokni kuchlanishga o‘zgartgichlar», 05.01.06- Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T689.
Ilmiy rahbar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, dotsent; Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: reaktiv quvvatni boshqarish tizimlari uchun signal o‘lchov-o‘zgartirish funksiyalarining imkoniyatlari kengaytirilgan uch fazali, bir, ikki va uch sezgir elementli elektromagnit tok o‘zgartgichlarining modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba, elektr energiyasi reaktiv quvvati uch fazali toklarini kuchlanish ko‘rinishdagi signalga o‘zgartiruvchi bir, ikki va uch sezgir elementli elektromagnit o‘zgartgich qurilmasi yaratilgan;
uch fazali toklar elektromagnit o‘zgartgichning tarqalgan parametrli statik va dinamik modellari tavsiflari asosida chiqish signalining me’yorlanganligi, chiziqliligi va yuqori aniqligini ta’minlash mezonlari ishlab chiqilgan;
uch sezgir elementli elektromagnit o‘zgartgichning ishonchlilik ko‘rsatkichlarining tuzilmaviy modeli ishlab chikilgan;
uch fazali, birlamchi toklarni ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirishning bir, ikki va uch sezgir elementli elektromagnit o‘zgartgichlarning IoT modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reaktiv quvvatni boshqarish tizimlari uchun funksiyalarining  imkoniyatlari kengaytirilgan elektromagnit tokni kuchlanishga o‘zgartgichlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tokni kuchlanishga o‘zgartirgich qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04907, 2014 y). Natijada, o‘zgartgichlar chiqish kuchlanishi miqdorini me’yorlanganligi, chiziqligi va yuqori aniqligini ta’minlash imkonini bergan;
tarqalgan parametrli, uch fazali, uchta sezgir elementli tokni kuchlanishga elektromagnit o‘zgartgichlarning statik va dinamik modellari, o‘zgartgichlarning IoT texnologiyasi modeli uchun yaratilgan dasturiy vositalar «Jizzax viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2020 yil 3 fevraldagi 05-13-1351-son ma’lumotnomasi). Natijada, funksiyalarining imkoniyatlari kengaytirilgan tarqalgan parametrli uch fazali uch sezgir elementli o‘zgartgichning statik va dinamik kattaliklarini hisoblash aniqligini 2.6 % ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish