Lapasov Jasur Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi erlarining (3D) fazoviy modelini lazerli skaner yordamida yaratish uslubini takomillashtirish (Jizzax viloyati misolida)», 06.01.10–Er tuzish, kadastr va er monitoringi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2031.
Ilmiy rahbar: Abdullaev To‘lqin Mansurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc. 03/30.12.2019. T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sa’dulla Avezbaevich, iqtisod fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Doniyor Ochilovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qishloq xo‘jaligi erlarining 3D fazoviy modelini lazerli skaner yordamida yaratishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koordinata qiymatlarini geofazoviy bog‘lash texnologiyasi asosida uch o‘lchamli modelni transformatsiya qilish aniqligi oshirldi va natijada qishloq xo‘jaligi erlarining uch o‘lchamli modeli 1:500 masshtab (50 sm) aniqligida yaratish uslubi takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi erlarining uch o‘lchamli modelini qayta ishlash va tashqi muhit xatolari(shovqinlar)dan tozalash usuli ishlab chiqilg va modelni boshqa format birligiga konvertatsiya qilish mexanizmi takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi erlarining fazoviy modelini yaratish usuli, er usti lazerli skanerlash va nuqtalarning bulutli tasvirini raqamlashtirish mexanizmlari Trimble Real Works dasturidan foydalanib ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi erlarida baza va sferalar ko‘chishini oldindan aniqlashning texnologik tizimi masofadan zondlash uslubiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi erlarining 3D fazoviy modelini lazerli skaner yordamida yaratish uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
koordinata qiymatlarini geofazoviy bog‘lash texnologiyasi asosida uch o‘lchamli modelni transformatsiya qilish hamda qishloq xo‘jaligi erlarining uch o‘lchamli modelini qayta ishlash va tashqi muhit xatolari(shovqinlar)dan tozalash usuli Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi «Geoinformkadastr» davlat unitar korxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 03-05-7986-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi erlarini virtual tadqiq qilish, erlarni zamonaviy usullarda uch o‘lchamli fazoviy modelini yaratish hamda fazoviy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi erlarining fazoviy modelini yaratish usuli Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 03-05-7986-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha chorvachilik, bog‘dorchilik, meva-sabzavot va paxta-g‘allachilik yo‘nalishlarini virtual topografik modelda ilmiy loyihalash, erlardan maqsadli foydalanish samaradorligini oshirish va raqamli ma’lumotlarga ishlov berish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi erlarida baza va sferalar ko‘chishini oldindan aniqlashning texnologik tizimi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Jizzax viloyati er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 03-05-7986-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha er ishlari kartogrammasini tuzish, tuproq hajmini hisoblash, erning elektron modelini geoma’lumotlar bazasiga bog‘lash, baza va sferalarni joylashtirish algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan.