Kenjaboeva Raxshona Mirzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “X-XIII asrlar Movarounnahr hanafiy manbalarida vaqf masalalari”, 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Isl10.
Ilmiy rahbar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Jo‘raboy O‘rinbaevich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor, Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi X-XIII asrlar Movarounnahr hanafiy manbalaridagi vaqf masalasini tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk fiqhiy manbalarda qisqa bayon etilgan vaqf mavzusi davr o‘tishi, uning turi va salmog‘i ortib borgani, vaqf mulki, tizimi va muhofazasiga doir yangi fatvolar, huquqiy asoslar ishlab chiqish zarurati natijasida vaqf islom huquqining alohida bir tarmog‘iga aylangani ochib berilgan;
Turkiya “Vaqflar Qonuni”ning ham zamonaviy huquq, ham shariat qonun-qoidalari bilan uyg‘unligi, unda islom huquqi tamoyillariga ko‘ra tashkil etilgan vaqflar bilan bir qatorda jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalari kabi zamonaviy tashkilotlarning ham huquqiy maqomlari belgilanganligi ochib berilgan;
vaqf ijarasi an’anaviy ijaradan mulk ijarasi muddati uch yildan oshishi mumkin bo‘lmasligi, ijara shartnomasi sub’ektlaridan birining vafoti munosabati bilan ijara shartnomasining bekor qilinmasligi jihatdan farq qilishi, ijarani bekor qilish muddati oldindan belgilanishi mumkinligi jihatdan esa o‘xshashligi dalillangan;
musulmon aholisi 95% dan ziyod bo‘lgan o‘zbek jamiyatida vaqf amaliyotining tatbiq etilishi ijtimoiy himoyani ta’minlashda keng qamrovli va samarali omillardan biri ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
X-XIII asrlar Movarounnahr hanafiy manbalarida vaqf masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilk fiqhiy manbalarda qisqa bayon etilgan vaqf mavzusi davr o‘tishi, uning turi va salmog‘i ortib borgani, vaqf mulki, tizimi va muhofazasiga doir yangi fatvolar, huquqiy asoslar ishlab chiqish zarurati natijasida vaqf islom huquqining alohida bir tarmog‘iga aylangani haqidagi natijalar buyurtma asosida tayyorlangan “X-XIII asr Movarounnahr klassik fiqhiy manbalarida vaqf mavzusining yoritilishi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 20.02.2021 sanadagi 03-07/1135-son xulosasi). Natijada, ushbu nashr keng jamoatchilikning tarixiy va fiqhiy manbalarda vaqf mavzusining yoritilishi to‘g‘risidagi bilimlarini yanada rivojlantirishda hissa qo‘shgan;
Turkiya “Vaqflar Qonuni”ning ham zamonaviy huquq, ham shariat qonun-qoidalari bilan uyg‘unligi, unda islom huquqi tamoyillariga ko‘ra tashkil etilgan vaqflar bilan bir qatorda jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalari kabi zamonaviy tashkilotlarning ham huquqiy maqomlari belgilanganligi haqidagi natijalar buyurtma asosida tayyorlangan “Jahon mamlakatlarida vaqf qonuni va amaliyoti” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 20.02.2021 sanadagi 03-07/1135-son xulosasi). Natijada, ushbu nashr keng jamoatchilikning vaqf qonunchiligi to‘g‘risidagi bilimlarini yanada rivojlantirishda hissa qo‘shgan;
vaqf ijarasi an’anaviy ijaradan mulk ijarasi muddati uch yildan oshishi mumkin bo‘lmasligi, ijara shartnomasi sub’ektlaridan birining vafoti munosabati bilan ijara shartnomasining bekor qilinmasligi jihatdan farq qilishi, ijarani bekor qilish muddati oldindan belgilanishi mumkinligi jihatdan esa o‘xshashligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazida islom huquqiga oid manbalar bo‘limida foydalanilgan, shuningdek, vaqflar ta’lim sog‘liqni saqlash, ijtimoiy yordam kabi hayotning barcha sohalarini qamrab olgani, ayniqsa, ilm-fan ham vaqflar vositasida rivoj topganiga oid xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Buxoro ta’lim tizimi tarixi” va “Toshkentlik aziz siymolar” kitoblariga mazmunan singdirilgan (O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazining 50/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur asar kitobxonlarning vaqfga oid dunyoqarashlarini yanada kengayishiga xizmat qilgan.
musulmon aholisi 95% dan ziyod bo‘lgan o‘zbek jamiyatida vaqf amaliyotining tatbiq etilishi ijtimoiy himoyani ta’minlashda juda muhim omillardan biri ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Odob durdonalari” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy 10.11.2020 sanadagi 01-18-411-son ma’lumotnomasi) va O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining “Ma’rifat chiroqlari” eshittirishida suhbat tayyorlandi. Bunda mulkni vaqf sifatida vasiyat qilsa, uning miqdori jami mulkning 1/3 qismidan oshmasligi zarur ekani, zakot islomda farz amal bo‘lib, vaqf esa ixtiyoriy ekani, tadqiqot mavzusining amaliy ahamiyati haqda suhbat olib borilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 04-111-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur jarayonlar keng jamoatchilikda vaqfning shar’iy asoslari, uning meros, zakot kabi boshqa munosabatlardan farqlari haqidagi bilim va tasavvurlarning yanada kengayishiga xizmat qilgan.