Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nostatsionar tizimlarni tashkiliy boshqarishda taqsimlangan reestr mexanizmlari asosida ma’lumotlar ishonchliligini oshirish usul va algoritmlari», 05.01.02-Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1560.
Ilmiy rahbar: Axatov Akmal Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Babomuradov Ozod Juraevich, texnika fanlari doktori; Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cheklangan shartli nostatsionar tizimlarni bashoratli boshqaruv modeli hamda tizimda ma’lumotlar ishonchliligini oshirish usul, algoritmlari va dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nostatsionar tizimlarni cheklov shartlari asosida tashkiliy boshqarishning bashoratli modeli ishlab chiqilgan;
cheklangan shartlardagi nostatsionar tizimlarni neyron tarmog‘i asosida tashkiliy boshqarishning optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan;
nostatsionar tizimlarda taqsimlangan reestr mexanizmlarining konsensus algoritmi asosida ma’lumotlar ishonchliligini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
nostatsionar tizim boshqaruvini optimallashtirishda blokcheynga asoslangan maxfiylashtirishning dinamik usulini takomillashtish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nostatsionar tizimlarni tashkiliy boshqarishda taqsimlangan reestr mexanizmlari yordamida ma’lumotlar ishonchliligini oshirish usul va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqariladigan nostatsionar tizimning kirish ma’lumotlarini aniqlash, konsensus algoritmlarini tanlash, taqsimlangan reestrga asoslangan blokcheyn mexanizmlari asosida ma’lumotlar bazasi arxitekturasini ishlab chiqish algoritmlari Samarqand viloyat iqtisodiy sudiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 17 dekabrdagi 08/UM-727-20-son ma’lumotnomasi). Natijada taqsimlangan reestrga asoslangan blokcheyn mexanizmlari asosida elektron hujjat aylanish tizimini tashkil etishda xotira hajmi va ma’lumotlar ishonchligi samaradorligini 1,5-2 barobar oshirishga erishilgan;
boshqariladigan nostatsionar tizimlarga shifrlash usullarni taqsimlangan reestr mexanizmlari bilan integratsiyalash asosida yaratilgan algoritm va mexanizmlar Qishloq qurilish bankiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 2 dekabr`dagi 33-8/7344-son ma’lumotnomasi). Natijalar elektron xujjat aylanish tizimining ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar ishonchligi samaradorligini 1,5-2 barobar oshirish imkonini bergan;
nostatsionar tizimlarning tashkiliy boshqarishning cheklangan shartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan boshqaruvning bashoratli, adaptiv-statistik va neyron modellari hamda taqsimlangan reestr mexanizmlari asosida yaratilgan algoritm va mexanizmlar Samarqand davlat universiteti va TATU Samarqand filialiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 2 dekabr`dagi 33-8/7344-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim shartnoma to‘lov jarayonida cheklangan shartdagi boshqaruv modellari asosida tavsiya etilgan yangi muddatlardagi to‘lovlarning hajmini 7-8% ga oshirishga erishilgan.