Maxmudova Aziza Nugmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy fuqarolik jamiyatida shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal392.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Vafaeva Djamilya Bakievna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Musaev Faxriddin Abdusattarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy fuqarolik jamiyatida shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi hodisasini rivojlanish qonuniyatlari va mexanizmlarini falsafiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqiy ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning individual xususiyatlari, shu bilan birga davlat va nodavlat tuzilmalarning birgalikdagi faoliyati natijasida shakllanadigan sinergetik hodisa ekanligi falsafaning atributiv kategoriyalari (erkinlik, zaruriyat, imkoniyat) asosida dalillangan;
huquqiy ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi etuklikka intilishining uzluksizligi, huquqiy mutanosiblik darajasi bilan bog‘liqligi asoslangan;
huquqiy ijtimoiylashuvda deviant xulqning namoyon bo‘lish shakllari beparvolik, loqaydlik, ruhiy tushkunlik kabi mezonlar antipod jarayonlar sifatida asoslangan;
fuqarolarning huquqiy ijtimoiylashuvini keltirib chiqaruvchi jamoaviylik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy nazorat singari mezonlarining ob’ektivligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati bilan funksional va regulyativ bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Zamonaviy fuqarolik jamiyatida shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvini tadqiq etish jarayonida:
huquqiy ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning individual xususiyatlari, shu bilan birga davlat va nodavlat tuzilmalarning birgalikdagi faoliyati natijasida shakllanadigan sinergetik hodisa ekanligiga oid ilmiy yangiligi va taklif-tavsiyalaridan “Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va demokratik qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashning dolzarb masalalari” deb nomlangan mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89-03-2759-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsni huquqiy ijtimoiylashuv jarayonida davlat va nodavlat tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi va hamjihatligini oshirishga hizmat qilgan;
ijtimoiylashuv kishining faqat ijtimoiy muhit bilan aloqalarigina emas, balki jamiyat etukligining darajasi bilan ham bog‘liq bo‘lgan uzluksiz jarayon ekanligiga doir konstruktiv xulosa va taklif-tavsiyalaridan “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar to‘g‘risida”gi va “Volontyorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining moddalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masaslalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 23-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy xujjatlarning samaradorligiga hamda qabul qilinayotgan qonunlarning amaliy ahamiyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
huquqiy ijtimoiylashuvda deviant xulqning namoyon bo‘lish shakllari beparvolik, loqaydlik, ruhiy tushkunlik kabi mezonlar antipod jarayonlar sifatida asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat “Raxmdillik jamiyati” NNTning “Ijtimoiy hizmat: parvarish va bandlik” mavzusidagi 66-07\176 raqamli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati “Raxmdillik jamiyati”NNTning 2020 yil 26 avgustdagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu grant loyihasining amalga oshirilishi jarayonida murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan ayollar, nogironlardagi huquqiy ijtimoiylashuvning o‘sishiga va ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘illanish ishtiyoqi paydo bo‘lishiga xizmat qilgan;
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning huquqiy ijtimoiylashuvini keltirib chiqaruvchi jamoaviylik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy nazorat, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish omillariga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Ijtimoiy himoya davr talabi” va “Biz tomonlarda” nomli ko‘rsatuvlarning dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 18 avgustdagi 09-01/249-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, shaxs huquqiy ijtimoiylashuvi jarayonida ijtimoiy hamkorlik, jamoatchilik nazorati kabi muhim omillarning faoliyatini samarali tashkil etishga va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining shaxs huquqiy ijtimoiylashuvi jarayoniga yanada faolroq jalb etilishiga xizmat qilgan.