Norqulov Bahodir Musulmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv tashlash inshootlarida oqim energiyasini so‘ndirish usullari», 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2015.
Ilmiy rahbar: Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Sobir Samatovich Eshev, texnika fanlari doktori, professor; Furqat Axmatovich Gapparov, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura qurilish instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv tashlash inshootlarida suv oqimi energiyasini so‘ndirish usullari va inshoot mustahkamligi uchun konstruktiv elementlarini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv tashlash inshootida energiya so‘ndirgichlarning joylashish sxemalari oqim ag‘darilishini bartaraf qilish shartini inobatga olib ishlab chiqilgan;
suv tashlash inshooti pastki b`efida oqimning gidravlik rejimlari suv sarflarining o‘zgarishi asosida baholangan; 
suv tashlash inshootlari uzunligi bo‘yicha oqimning samarali gidravlik rejimi zatvorlarni manyovrlash asosida ishlab chiqilgan; 
oqim kinetik energiyasini qisqa masofalarda so‘ndirish usuli energiya so‘ndirgichlarning joylashish sxemalari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Suv tashlash inshootlarida oqim energiyasini so‘ndirish usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli suv sarflari uchun oqimning gidravlik rejimlari oqimning holati dinamikasini aniqlash usuli Suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Zarafshon magistral tizimlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Oqdaryo suv omborida joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 04/20-3108-son ma’lumotnomasi). Natijada, b`eflar tutashishida pastki b`efda yuvilish jarayonining oldini olish imkoniyati yaratilgan.
suv tashlash inshootida oqimning ag‘darilishini bartaraf qilish usuli Suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Samarqand viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Qoratepa suv omborida joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 04/20-3108-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya so‘ndirgichlarning joylashish sxemalari suv tashlash inshootlarining pastki b`efidagi mustahkamlash inshootlari konstruksiyalarini loyihalashtirishda foydalanish imkoniyati yaratilgan.
suv tashlash inshootlaridagi energiya so‘ndirgichlarning samarali konstruktiv echimlari Suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Samarqand viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Qoratepa suv omborida joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 04/20-3108-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv tashlash inshootlarining suv urilma qudug‘igacha bo‘lgan sohasida suv oqimi ortiqcha kinetik energiyasini qisqa masofalarda so‘ndirish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish