Baymanov Ruslan Kenesbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past bosimli to‘g‘onlarning yuqori b`efidagi qayta shakllanish qonuniyatlarini va hisoblash usullarini ilmiy asoslash”, 05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1486.
Ilmiy rahbar: Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Sobir Samatovich Eshev, texnika fanlari doktori, professor; Furqat Axmatovich Gapparov, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zan jarayonlarini hisoblash va bashorat qilish usullarini ilmiy asoslash hamda past bosimli to‘g‘onning yuqori b`efidagi qayta shakllanish qonuniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past bosimli shit to‘g‘oni yuqori b`efidagi oqimning suv satxi nishabligi va dimlanish egri chizig‘ini xisoblash usuli oqimning beqaror harakatini inobatga olib takomillashtirilgan;
past bosimli to‘g‘onning yuqori b`efida o‘zan jarayonlarining shakllanish bosqichlari va muddatlarini aniqlash usuli nisbiy loyqalik, loyqa bosish maydoni va dimlanishning tarqalish uzunligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
past bosimli to‘g‘onning yuqori b`efida o‘zanning loyqa bosishini aniqlash usuli b`eflar uzunligi bo‘yicha cho‘kindilarning taqsimlanishi, cho‘kindi konsentratsiyasining o‘zgarishi va loyqa bosish muddatlarini inobatga olib ishlab chiqilgan;
past bosimli shit to‘g‘onni ishonchli ekspluatatsiya qilish imkoniyatini beruvchi pioner xandakning gidravlik sxemasi daryoning gidrologik rejimini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past bosimli to‘g‘onlarning yuqori b`efida o‘zan jarayonlarini boshqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida::
yuqori b`efdagi o‘zan qayta shakllanishini bashorat qilishning ilmiy asoslangan usullari va shitli to‘g‘onning suv o‘tkazish qobiliyatini aniqlashning gidravlik usuli Markaziy Osiyo davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi huzuridagi “Amudaryo” havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi Quyi Amudaryo boshqarmasining Taxiatosh past bosimli gidrouzelida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 04/20-3221-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrouzelning yuqori b`efida dimlanish egriligining taqsimlanish uzunligi va o‘zanni loyqa to‘lish darajasini bashorat qilish imkonini bergan;
gidrouzelning dimlanish sohasida daryodagi o‘zan jarayonlarining takomillashtirilgan hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «UZGIP» mas’uliyati cheklangan jamiyatining Qoraqalpoq sho‘’ba tashkiloti tomonidan rekonstruksiya qilingan kanallardagi o‘zan rostlash inshootlarini loyihalashda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 04/20-3221-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori b`efda o‘zan jarayonlarining ishonchli ko‘rsatkichlarini olish imkoniyatini bergan;
kanallardagi suv olish inshootining ish sharoitini yaxshilash va suv olish inshooti ta’sir sohasida cho‘kkan loyqa oqiziqlarini davriy yuvishni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 04/20-3221-son ma’lumotnomasi). Natijada suv olish inshooti sharoitini yaxshilashga, daryodan suv olish xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan.