Turdiev Shahboz Shermamat ug‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Massiv turdagi neft` uyumlarida quduqlar mahsulotini suvlanish sabablarini va mexanizmini aniqlash», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T567.
Ilmiy rahbar: Zakirov Azamjon Alimdjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.  
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekneftgaz” AJ. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: massiv turidagi neft` uyumlarida ishlatilayotgan quduqlarning suvlanish sur’atini belgilovchi geologik-kon omillarini aniqlash va quduqlar tubiga suv oqimining kirib kelish vaqtini uzaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv oqimini berkitish ishlarini o‘tkazish zaruratini asoslash imkonini beradigan quduqlar mahsulotining suvlanish dinamikasini belgilovchi geologik-fizik va texnologik omillar aniqlangan;
mahsulot olishni optimal tashish oralig‘ini tanlash imkonini beradigan suv-neft` va neft`-gaz o‘tish chegaralarini kattaligini, kolllektorni o‘tkazuvchanligi, suv, neft` va gaz zichliklaridan bog‘liqligi asoslangan;
quduqlarni suvsiz va gazsiz debitli sharoitda ishlatish imkonini beradigan gaz-neft` tutash yuzasi (GNTYu) va suv-neft` tutash yuzasi (SNTYu) zonalaridagi o‘tkazmas qatlamchaning eng kichik qalinligi aniqlangan;
geologik zaxiralarini chiqarib olish darajasini va sur’atini orttirish bo‘yicha geologik-texnik tadbirlarni asoslash imkoniyatini beradigan massiv turdagi gaz osti neft` uyumlarining neftni chiqarib olish koeffisientini hisoblash statistik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Massiv turidagi neft` uyumlarida quduqlar mahsulotining suvlanish sabablarini va mexanizmini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv yo‘llarini berkitish va mahsuldor qatlam oraliqlarini qo‘shimcha qayta ochish texnologiyasi “Andijonneft`” AJning Andijon konlaridagi №№ 865, 61, 79, 77 va Janubiy Olamushuk konidagi №№ 784, 787, 788, 789 sonli quduqlarda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz”AJ ning 2020 yil 14 sentyabrdagi 05-25-1-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlarning suvlanganligini 2–6 % kamaytirish va qo‘shimcha 1951 t neft` olish (2016-2018 yy.) imkonini bergan;
suv yo‘llarini berkitish va mahsuldor qatlam oraliqlarini suv-neft` va gaz-neft` o‘tish zonalarini hisobga olib qatlamni qo‘shimcha qayta ochish texnologiyasi “Gissarneftgaz” OAJ QKning Shakarbuloq konidagi №№ 30,33 va Beshkent konidagi № 21 sonli quduqlarda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz”AJ ning 2020 yil 14 sentyabrdagi 05-25-1-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlarning suvlanganligini 7-10 % kamaytirish va qo‘shimcha 6363 t neft` (2016-2019 yy.) olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish