Salijonova Shaxnozaxon Dilmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi turdagi margarin mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1790.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isaboev Ismoiljon Babajonovich, texnika fanlari doktori, professor; Ahmedov Azimjon Normuminovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: topinambur tuganagi sharbati va pereeterifikatsiyalangan yog‘lar asosida past kaloriyali diabetik margarinlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy topinambur tuganagidan olingan sharbatning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
olingan topinambur tuganagi sharbatining «yog‘ - suv» emul`siyalari turg‘unligi va margarin fizik-kimyoviy xususiyatlariga barqaror ta’siri asoslangan;
topinambur tuganagi sharbati va pereeterifikatsiyalangan yog‘lar asosidagi past kaloriyali diabetik margarinning organoleptik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan;
margarin reseptidagi topinambur tugunagi sharbati suv sarfini 2,4 martta kamaytirishi, emul`siyani sovutish va mexanik ishlov berish jarayonlarining samaradorligini ortishi isbotlangan;
topinambur tuganagi sharbati olingan past kaloriyali diabetik margarinlarni saqlash muddatini 1,3 - 1,5 marta oshirishi aniqlangan;
topinambur tuganagi sharbati va pereeterifikatsiyalangan yog‘lar asosida past kaloriyali diabetik margarinlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘li emul`siya mahsulotlarining sifatini oshirish va oziqaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
topinambur tuganagining sharbati bilan boyitilgan past kaloriyali margarin resepti «Sardoba agro xolding» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2020 yil 20 noyabrdagi OZ/3-1265 son ma’lumotnomasi). Natijada, past kaloriyali margarin ishlab chiqarish texnologiyalarida suv miqdorini 16 % gacha kamaytirish, profilaktik xususiyatlarini va mexanik ishlov berish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
pereeterifikatsiyalangan yog‘lar asosida margarin olish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2020 yil 20 noyabrdagi OZ/3-1265-son ma’lumotnomasi). Natijada, trans-kislotalar miqdori 2,1 % gacha kamaygan past kaloriyali diabetik margarin ishlab chiqarish imkonini bergan.