Israilov Mansurjon Abdusamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘z-o‘zidan yonadigan ko‘mir qatlamlarini qazib olishda yong‘inning oldini olish tadbirlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya ochiq va er osti qurilish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1079.
Ilmiy rahbar: Akbarov Taxirjan Gulyamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01. 
Rasmiy opponentlar: Mel`nik Vladimir Vasil`evich, texnika fanlari doktori, professor; Petrosov Yuriy Eduardovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘z-o‘zidan yonish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘mir konlarida ularga ta’sir qiluvchi iqlim, kon-geologik, kon-texnik omillar hamda ko‘mirning kislorodni sorbsiya qilish faolliklarini aniqlash va ko‘mirni o‘z-o‘zidan yonishining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘mirni o‘z-o‘zidan yonishining yashirin davri ko‘mirning namliligi va g‘ovakdorligiga bog‘liqligi va taklif qilingan dastlabki namlash qo‘llanishi natijasida ko‘mirni o‘z-o‘zidan yonish davri 26 kundan 120 kunga uzayganligi aniqlangan;
ko‘mir qatlamining namliligi 55% dan ortganda uning o‘z-o‘zidan yonishining jadalligi kamayishi aniqlangan;
ko‘mir qatlami namlanganda ko‘mirning mustaxkamlik koeffisienti 10% gacha kamayishi va texnologik jarayonlarda chang hosil bo‘lishining 52 % gacha kamayishi aniqlangan;
qo‘ng‘ir ko‘mir konlarini ochiq usulda qazib olishda o‘z-o‘zidan yonishi, ko‘mirning mustaxkamlik koeffisientini pasayishi va texnologik jarayonlarni bajarishda chang hosil bo‘lishini pasaytiruvchi tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘z-o‘zidan yonadigan ko‘mir qatlamlarini qazib olishda yong‘ining oldini olish tadbirlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘z-o‘zidan yonuvchi ko‘mir qatlamlarida yong‘inni oldini olish tadbirlari sifatida ko‘mirni dastlabki namlash Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konida amiliyotga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJ ning 2020 yil 24 noyabrdagi 01-13-1528-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘mir pog‘onalarida yong‘in sodir bo‘lish extimoli bo‘lgan zonalari pog‘ona va ishchi maydon yuzalaridan 1-2 m chuqurlikda joylashish, dastlabki namlash ko‘mirni kimyoviy faolligini 63%ga kamaytirish va ko‘mirni o‘z-o‘zidan yonishining yashirin davrini 3-4 marta uzaytirish imkonini bergan;
o‘z-o‘zidan yonadigan ko‘mir qatlamlarini qazib olishda yong‘ining oldini olish tadbirlari Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konida amiliyotga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJ ning 2020 yil 24 noyabrdagi 01-13-1528-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘mir mustaxkamligini 9 dan 19% gacha kamaytirish, ko‘mir pog‘onalari massivini sezilarli darajada yumshatish, ekskavator unumdorligini oshirish va ko‘mirni o‘z-o‘zidan yonishining oldini olish sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish