Raxmatova Guzal Botirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bisiklik oltingugurtli organik birikmalar asosida yuqori samarali korroziya ingibitorlari olish va qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1727.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Mingniqul Jumag‘ulovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshkaraev Sadridin Chorievich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tiaindan va tioxroman qatori α-aminoketonlari asosida metallar korroziyasiga qarshi yangi yuqori samarali korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tiaindan va tioxroman molekulalari aromatik xalqasiga atsillash va diatsillash reaksiyalari asosida yangi avlod korroziya ingibitorlari sintez qilingan;
tiaindan va tioxromanni atsillash va diatsillash reaksiyasida metilen xlorid eritmasida 200S harorat va 4–5 soat davomida 2,5-dimetil-1-tiaindan, sirka angidridi va katalizatorning 1:2:4 mol` nisbatlarida 2,5-dimetil-3,6-diatsetil-1-tiainden 18%, hamda 2,5-dimetil-6-atsetil-1-tiaindan 80% unum bilan olingan; 
atsetiltiaindan va atsetiltioxroman molekulasining yon zanjirini bromlash, bromli hosilalarning piperidin (morfolin) bilan reaksiyasining maqbul sharoitlari aniqlangan hamda 80-88% unum bilan tiaindan va tioxroman α-aminoketonlari olingan;
olingan AIT tipidagi ingibitorlarning 15%li NS1 va 20%li H2SO4 eritmalarida 200S va 600S haroratlarda ingibitor konsentratsiyasi hamda vaqtning ortishi bilan metallarni korroziyadan himoyalash darajalari ortib borishi aniqlangan;
tiaindan va tioxroman α-aminoketonlari korrozion barqarorlik ballari bo‘yicha 3–5 ballik shkalaga to‘g‘ri kelishi aniqlangan hamda ular asosida AIT tipidagi ingibitorlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tiaindan va tioxroman α-aminoketonlari asosida metallar korroziyasiga qarshi AIT tipidagi ingibitorlar olish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallarni korroziyadan himoya qilish uchun tiaindan va tioxroman α-aminoketonlari asosida ishlab chiqilgan metallar korroziyasiga qarshi AIT tipidagi ingibitorlar olish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»da ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2020 yil 15 sentyabrdagi 1024/GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali AIT-1, AIT-2, AIT-3 va AIT-4 ingibitorlaridan foydalanib, gaz kondensatining 0,5 % li N2SO4, N2S, SO2 va ammiakli suv muhitlarida St.20 tarkibli metall konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan AIT-1, AIT-2, AIT-3 va AIT-4 korroziyaga qarshi ingibitorlar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» da metall konstruksiyalari va qurilmalarini korroziyadan himoyalashda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2020 yil 15 sentyabrdagi 1024/GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi AIT tipidagi ingibitorlar korroziya ingibitorlari sifatida qo‘llanilganda neft va gaz sanoatining metall konstruksiyalari va qurilmalarining ekspluatatsion muddatlarini 10–13 % ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish