Muydinova Madina Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniy va kremniy asosidagi p-n strukturalarning fotoelektrik xususiyatlarini tadqiq qilish», 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM82.
Ilmiy rahbar: Nasriddinov Sayfillo Saidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Ayuxanov Rashid Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori; Quchkarov Qudratulla Mamarasulovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kremniy va kremniy asosidagi p n strukturalarning fotoelektrik xususiyatlarini aniqlash hamda kremniy sirtining optik xususiyatlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ikki muhit bo‘linish chegarasidan yorug‘lik nurining eng samarali o‘tishi uchun TiO2, SiNx , SiO2 va MgF2 lardan iborat ko‘pqatlamli kremniy asosidagi fotoelektrik qurilmalarning optimal ketma-ketlik tartibi va qalinliklari aniqlangan;
nur qaytishiga qarshi qatlamlardan foydalanish TiO2 asosidagi fotoelektrik qurilmalarning tok yig‘uvchi elektrodlar maydonini 20% gacha kamayishiga olib kelishi aniqlangan;
teksturalangan sirtga ega bo‘lgan kremniyning optik xarakteristika-larini kompyuterda modellashtirish orqali teksturalarning geometrik shakli va o‘lchamlari aniqlangan;
vertikal orientatsiyalangan geteroo‘tishli “Si/ZnO” strukturaga ega bo‘lgan fotoelektrik qurilmalarning yangi konstruksiya ishlab chiqilgan;
kremniy sirtining optik xususiyatlarini aniqlashda “PVlighthouse” dasturiy tizimi va undan foydalanish metodikasi hamda "VisualBasic” dasturiy tizimiga tayangan holda EHM uchun yangi dasturiy ta’minot yaratilgan;
nanoo‘lchamli strukturalarga ega kremniy asosidagi r-p-o‘tishli elementlarning frontal sirtini SiO2 va SiNx optik materiallar bilan qoplash uslubi yaratilgan;
kremniy va kremniy asosidagi r-p-strukturali fotoelektrik qurilmalar tomonidan nurlanishni samarali yutish uchun yorug‘likni qaytishiga qarshi qo‘llaniladigan teksturalarning parametrlarini aniqlashga imkon beruvchi «Kremniyli quyosh elementlarida to‘g‘ri piramidali tekstura hosil qilishning geometrik asoslari» nomli yangi EHM dasturiy mahsulot yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kremniy va kremniy asosidagi p n strukturalarning fotoelektrik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kremniy sirtining optik xususiyatlaridan №Atex-2018-47 «Dermatologiya klinik amaliyotida qo‘llash uchun lazer texnologiyalari va UB-yorug‘lik manbalari asosidagi fototerapevtik qurilmaning yangi avlodini ishlab chiqish» loyihasida “PVlighthouse” dasturiy tizimi va undan foydalanish metodikasidan hamda "VisualBasic” dasturiy tizimiga tayangan holda EHM uchun yaratilgan yangi dasturiy ta’minotdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 10 fevraldagi 2/1255-410-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilayotgan lazer asosidagi fototerapevtik qurilma parametrlarini yaxshilash va terini turli optik xususiyatlarini yuqori aniqliqda o‘lchash imkonini bergan;
nanoo‘lchamli strukturalarga ega kremniy asosidagi r-p-o‘tishli elementlarning frontal sirtini SiO2 va SiNx optik materiallar bilan qoplash uslubidan №OT-F2-68 «Kristallarda kirishma-nuqson turdagi mikro- va nanobirikmalarini hosil bo‘lish mexanizmlari va ularning keng funksional imkoniyatli ko‘pqatlamli tuzilmalar yaratishdagi o‘rni» mavzusidagi loyihada nanoo‘lchamli strukturalarga ega kremniy asosidagi r-p-o‘tishli elementlarning frontal sirtini SiO2 va SiNx optik materiallar bilan qoplash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi №89-03-2859-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning fotoelektrik sezgirligini 1,28 – 1,33 marta oshirish imkonini bergan.