Otaqulov Poziljon Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geografik nomlar shakllanishida mintaqaviy tabiiy-ijtimoiy xususiyatlar o‘rni va ahamiyati (Farg‘ona vodiysi misolida)», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Gr17.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Abdulqosimov Ali Abdulqosimovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xakimov Qo‘chqor Maxkamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysidagi geografik nomlar shakllanishining tabiiy-ijtimoiy xususiyatlarini aniqlash asosida tabiatdan foydalanish va muhofaza qilish hamda mazkur jarayonda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysidagi o‘ziga xos tabiiy-ijtimoiy xususiyatlar ta’sirida shakllangan geografik nomlarning tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish, salbiy tabiiy jarayonlarning oldini olish hamda bartaraf etishdagi ahamiyati nazariy jihatdan asoslangan;
toponim, geografik nom, geokonsept, ekologik toponim tushunchalarining ijtimoiy-ekologik yondashuv asosidagi mazmun mohiyati ochib berilgan, shunga mos ravishda geotoponimik tadqiqotlarning ijtimoiy-geografik va ekologik-geografik yo‘nalishlari aniqlangan;
tabiiy-ijtimoiy asosga ega bo‘lgan geografik va mahalliy terminlarning amaliyotda va ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishdagi funksiyasi ishlab chiqilgan;
Farg‘ona vodiysining geografik nomlaridan foydalanishni takomillashtirish maqsadida elektron shakldagi toponimik axborot tizimlari (TAT) bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysida shakllangan geografik nomlarning tabiiy-ijtimoiy xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqadagi tabiiy va ijtimoiy geografik xususiyatlarning nomlarda aks etishini tahlili asosida olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi 40-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida belgilangan vazifalar doirasida geografik nomlarning yangi funksional jihatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 1 dekabrdagi 30/1-3425-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik nomlarning mintaqada tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish, salbiy tabiiy jarayonlarni oldini olish va bartaraf etishdagi o‘rni hamda ahamiyatini nazariy jihatdan asoslash imkonini bergan;
toponimik tushunchalar va geotoponimik tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 1 dekabrdagi 30/1-3425-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik nom, toponim, geokonsept, ekologik toponim tushunchalarining ijtimoiy-ekologik yondashuvdagi izohlarini, geotoponimik tadqiqotlarni ijtimoiy-ekologik yo‘nalishlarini ajratishga imkon bergan;
geografik va mahalliy terminlarning ekologik va tarbiyaviy funksiyalarini asoslab bergan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi geografik va mahalliy terminlarning hududiy tarqalishi hamda etimologiyasini ochib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 1 dekabrdagi 30/1-3425-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik va mahalliy terminlarni hududiy tarqalish areallarini aniqlash, mavjud terminlar reestrini boyitish hamda ularning amaliy, ekologik tarbiyadagi funksiyalarni muvofiqlashtirishni ta’minlash imkonini bergan;
geografik nomlardan foydalanishni takomillashtirish maqsadida ularning geografik tasniflarini elektron tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida geografik va toponimik ob’ektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilishda va muvofiqlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 1 dekabrdagi 30/1-3425-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida geografik nomlarning tasnifiy bazasi yaratilgan, nom berish va qayta nomlash ishlarini muvofiqlashtirish, takroriy nomlar paydo bo‘lishi oldini olish imkonini bergan.