Matnazarov Akmal Ro‘zivoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tog‘ muzliklarining tabiiy-geografik tarqalish qonuniyatlari va ekoturistik roli», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : B2018.1.PhD/Gr46.
Ilmiy rahbar: Baratov Pattox, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Abdulqosimov Ali Abdulqosimovich, geografiya fanlari doktori, professor; Kamolov Bahodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi tog‘ muzliklarining tabiiy geografik qonuniyatlar asosida tarqalishi va joylashishini aniqlash orqali ulardan ekoturizmni rivojlantirishda foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistondagi tog‘ muzliklarining mutlaq balandliklar (3200 m dan baland joylar) va yonbag‘irlar ekspozisiyasi bo‘yicha tarqalishi va daryo (Piskom, To‘palang va Qashqadaryo) havzalari bo‘yicha joylashishi aniqlangan;
O‘zbekiston tog‘ muzliklari va ularning hosilalari(rel`ef shakllari va yotqiziqlar) joylashgan hududlarda glyasioturizm nuqtai nazaridan subglyasial, postglyasial va glyasial zonalar mavjudligi asoslangan;
O‘zbekistondagi tog‘ muzliklarining glyasioturistik marshrutlari ishlab chiqilgan, ularning murakkabligi baholangan (o‘ta sodda, sodda, murakkab, o‘ta murakkab) va ArcGIS dasturidagi kartasi yaratilgan;
O‘zbekistondagi tog‘ muzliklari va ularning hosilalari (rel`ef shakllari va yotqiziqlar)dan ekoturizmni rivojlantirishda foydalanish va tog‘ ekotizimlarini saqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tog‘ muzliklarining tabiiy-geografik tarqalish qonuniyatlari va ekoturistik roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistondagi tog‘ muzliklarining mutlaq balandliklar va yonbag‘irlar ekspozisiyasi bo‘yicha tarqalishi va daryo havzalari bo‘yicha joylashishini aniqlash asosida ishlab chiqilgan glyasioturizmni rivojlantirishga doir tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida tog‘ turizmi klasterlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 noyabrdagi 02-16/5597-son ma’lumotnomasi). Natijada, Piskom, To‘palang va Qashqadaryo vodiylarining yuqori qismlari tabiiy geografik sharoitlaridan kelib chiqqan holda yoz oylarida turistlarni mazkur hududlardagi glyasioturistik ob’ektlarga sayohat qilish imkonini bergan;
tog‘ muzliklari va ularning hosilalari joylashgan hududlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida ekoturistik ob’ektlar sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 noyabrdagi 02-16/5597-son ma’lumotnomasi). Natijada, Piskom, To‘palang va Qashqadaryo vodiylarining yuqori qismlarini tashkil etuvchi glyasioturistik ob’ektlar joylashgan yo‘nalishlarga marshrutlarni tashkil qilishda sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda tog‘ muzliklarining 1:265000 masshtabdagi “Piskom vodiysining glyasioturistik ob’ektlari va yo‘nalishlari” kartasi asosida ishlab chiqilgan turistik marshrutlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 noyabrdagi 02-16/5597-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning baland tog‘larida glyasioturistik marshrutlarni loyihalash imkonini bergan;
O‘zbekistondagi tog‘ muzliklarining glyasioturistik imkoniyatlaridan ekoturizmni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar hamda taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 noyabrdagi 02-16/5597-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning baland tog‘li hududlarida taklif etiladigan xizmat turlarini kengaytirish hamda hududda joylashgan glyasioturistik ob’ektlarga tashrif buyuradigan turistlar sonini oshishiga xizmat qilgan.