Allanazarov Akmal Abdulxaqovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuz konlari mashinalari uchun keskich materialining yangi tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T592.
Ilmiy rahbar: Nurmurodov Salohiddin Dustmurodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Xusniddin Zakirxanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
konlarda qo‘llaniladigan qazish mashinalarning keskichlari uchun kaliyli tuz jinslarini samarali parchalovchi, qattiq qotishmali tishlarni yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan yirik donadorli vol`fram karbidi asosida tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik donali vol`fram karbid kukunidan RS-14 turdagi keskichlar uchun kobal`t-nikel` bog‘lovchili qattiq qotishmaning tarkibi kaliyli tuz jinslarini kesish jarayonidagi eyilish miqdoriga ko‘ra ishlab chiqilgan;
yirik donali o‘lchamdagi vol`fram karbidini olish texnologiyasi vol`fram karbid kukunlarini sof elementlardan sintezlash haroratiga, davomiyligiga va vol`fram kukunining donadorlikka ko‘ra ishlab chiqilgan;
RS-14 turdagi keskich tishlarini ishlab chiqarish texnologiyasi qattiq qotishmalarning resurs tejamkorligi bo‘yicha ishlab chiqilgan;
vol`fram karbid donadorligi 8...10 mkm bo‘lgan qattiq qotishmadagi 11% kobal`t bog‘lovchini 11% (64%So+36%Ni) kobal`t-nikel` bog‘lovchiga almashtirish asosida qattiq qotishmaning tuz jinslarini kesishdagi eyilishga bardoshligi kobaltni nikel bilan legirlaganda o‘rtacha 20...22% ortishi aniqlangan;
o‘rtacha kontakt mustahkamligi Rk = 450…500 MPa, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi σsj = 55...60 MPa, abrazivlik darajasi Baron-Kuznesov shkalasi bo‘yicha a = 18…20 mg bo‘lgan kaliyli tuz jinslarini samarali kesuvchi qattiq qotishmaning yangi 89%WC+7%Co+4%Ni kimyoviy tarkibi kattik kotishmaning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossasiga asosan ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konlarda ko‘llaniladigan qazish mashinalarning keskichlari uchun eyilishga bardoshli qattiq qotishmali tishlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqodning ilmiy natijalari asosida:
RS-14 turdagi keskich uchun yirik donadorli (9...10 mkm) vol`fram karbid tarkibli VK11V markali qattiq qotishma «Olmaliq KMK qoshidagi nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi»ga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJ 2020 yil 22 oktyabrdagi 1527-son ma’lumotnomasi). Natijada kaliy va tosh tuzi rudalarini qazib olish unumdorligini 1,13-1,15 marta oshirishga xizmat qilgan;
donadorligi yirik o‘lchamli vol`fram karbidini olish texnologiyasi «Olmaliq KMK qoshidagi nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi»ga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJ 2020 yil 22 oktyabrdagi 1527-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotni ishlab chiqarishdagi energiya sarfini 1,12-1,13 marta kamaytirishga xizmat qilgan;
RS-14 turdagi keskich tishlarini ishlab chiqarish texnologiyasi «Olmaliq KMK qoshidagi nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi»ga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJ 2020 yil 22 oktyabrdagi 1527-son ma’lumotnomasi). Natijada keskichni ishlab chiqarishdagi tannarxini 10-15% kamaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish