Jalilov Akmal Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda toj tomirlarni angioplastikadan va stentlashdan keyingi restenozni prognozlash», 14.00.06 – Kardiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib747.
Ilmiy maslahatchi: Yuldoshev Nabijon Pirimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01 raqamli kengash.
Rasmiy opponentlar: Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori;
Osiev Aleksandr Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Soglikni saklash vazirligi, «Yurak kon-tomir jarroxligi federal markazi» byudjet muassasasi (Krasnoyarsk)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuIK da koronar stentlash amaliyotidan so‘ng rivojlanuvchi restenozni erta prognozlash va profilaktika usullarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda koronar arteriyalarini stentlash amaliyotidan so‘ng restenoz shakllanishi angiografik va klinik omillari tahlili o‘tkazilib komorbid xolatlarini ta’sirini olgan xolda xavf darajalari erta aniqlangan;
toj tomirlarning stentlashdan so‘ng rivojlanadigan restenozning noxush angiografik mezonlari sifatida koronar arteriyalarning ko‘p tomirli zararlanishi, aterosklerotik pilakchaning uzunligi aniqlanib ularning arterial gipertoniya, giperxolesterinemiya, anamnezda infarkt kabi klinik prediktorlar orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda stentlarning restenozlarini rivojlanishi va kasallik asoratlarining xavfini oshishida fibrinogen, trombotsitlarning spontan agregatsion faolligi, qisman faollashtirilgan tromboplastin vaqti kabi koagulyasion ko‘rsatkichlarining noxush mezonlari asoslangan;
yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda stentlash amiliyotidan keyin rivojlanadigan restenozni xavf stratifikatsiyasiga asoslanib revaskulyarizatsiya usulini tanlashga oid dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda stentlash bilan angioplastikadan keyin koronar arteriyalar restenozini xavfini erta baxolashning klinik, bioximik xamda angiografik mezonlarini aniqlash va prognozlashda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «Zamonaviy intervension kardiologiyada restenozlar qiyosiy davolash taktikasi algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 apreldagi 8n-z/79-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma YuIKli bemorlarda restenoz rivojlanish xavfini prognozlash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish imkonini bergan;
yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda stentlash bilan angioplastikadan keyin koronar arteriyalar restenozini bashoratlash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali amaliy faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 apreldagi 8n-z/79-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy etilishi YuIKli bemorlarida stentlash bilan angioplastikadan keyin koronar arteriyalar restenozini erta aniqlash va prognozlash, asoratlar profilaktikasini optimallashtirish imkonini bergan.