Sherkuzieva Nasiba Abrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini optimallashtirish orqali investision jozibadorlikni oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt991.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. 
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini optimallashtirish orqali investision jozibadorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyalarni tanlash bosqichlarida dividendlarning barqarorligi indeksi (DSI)ni qo‘llash orqali dividend to‘lovlarini muntazam oshirib borish hamda axborotlar shafofligini ta’minlash asosida samarali dividend siyosati taklif etilgan;
sof foydaning 50 foizini dividendlarga yo‘naltirishni belgilash orqali minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish hamda aksiyadorlik jamiyatlari investision jozibadorligini oshirish asoslangan;
choraklik dividend to‘lovlarini to‘lash orqali mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish va aksiyadorlik jamiyatlari kapitallashuv darajasini oshirish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida dividend to‘lovlari miqdorini 7,1 barobar oshirish orqali kapitalizatsiya hajmini 10,1 barobarga ko‘payishi hisobiga dividend siyosatini optimallashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini optimallashtirish orqali investision jozibadorlikni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyalarni tanlash bosqichlarida dividendlarning barqarorligi indeksi (DSI)ni qo‘llash orqali dividend to‘lovlarini muntazam oshirib borish hamda axborotlar shafofligini ta’minlash asosida samarali dividend siyosatini yuritish taklifi “Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyatida hamda “O‘zagrokimyohimoya” AJ, ChEII “Toshkentvino kombinati” AJ, “Farg‘onaazot” AJlarining Dividend siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Toshkent” Respublika fond birjasining 2020 yil 11 maydagi № 01/16-07-303-son, “O‘zagrokimyohimoya” AJning 2020 yil 30 oktyabrdagi 01-16/630-son, ChEII “Toshkentvino kombinati” AJning 2020 yil 12 oktyabrdagi 10-son, “Farg‘onaazot” AJning 2021 yil 15 fevraldagi 43/729-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida Respublika fond birjasi veb saytida listingdan o‘tgan aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha alohida rukn ko‘rinishida to‘lanayotgan dividendlar bo‘yicha kalendar` joriy qilingan hamda aksiyadorlik jamiyatlariga mahalliy va xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish, ularda xususiylashtirish amaliyotlarini muvaffaqiyatli kechishi, mamlakatimiz fond bozorida korporativ oshkoralik va bozor shaffofligini ta’minlash imkonini bergan;
sof foydaning 50 foizini dividendlarga yo‘naltirishni belgilash orqali minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish hamda aksiyadorlik jamiyatlari investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha taklifi “O‘zagrokimyohimoya” AJ, ChEII “Toshkentvino kombinati” AJlari tomonidan Dividend siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2020 yil 30 oktyabrdagi 01-16/630-son, ChEII “Toshkentvino kombinati” AJning 2020 yil 12 oktyabrdagi 10-son ma’lumotnomalari). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Dividend siyosati to‘g‘risidagi Nizomda sof foydadan kamida 50% dividend to‘lovlariga yo‘naltirilishi me’yori belgilangan, bu esa aksiyadorlik jamiyatlariga investorlarning qiziqishlarini oshishiga, aksiyalar kursini ijobiy o‘zgarishiga, faoliyatga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etishga zamin yaratgan;
choraklik dividend to‘lovlarini to‘lash orqali mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish va aksiyadorlik jamiyatlari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha taklifi ChEII “Toshkentvino kombinati” AJ, “Farg‘onaazot” AJlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investisiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ChEII “Toshkentvino kombinati” AJning 2020 yil 12 oktyabrdagi 10-son, “Farg‘onaazot” AJning 2021 yil 15 fevraldagi 43/729-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlariga mahalliy va xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish, xususiylashtirish amaliyotlarini samarali amalga oshirish imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlarida dividend to‘lovlari miqdorini 7,1 barobar oshirish orqali kapitalizatsiya hajmini 10,1 barobarga ko‘payishi hisobiga dividend siyosatini optimallashtirish bo‘yicha taklifi ChEII “Toshkentvino kombinati” AJning Dividend siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (ChEII “Toshkentvino kombinati” AJning 2020 yil 12 oktyabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, aksiyadorlik jamiyatining investision jozibadorligini yanada oshirish va moliyaviy resurslarning oqimini sezilarli darajada o‘sishiga erishilgan. Xususan, ChEII “Toshkentvino kombinati” AJ tomonidan 2014-2019 yillar mobaynida aksiyalar bo‘yicha dividend miqdorini (aksiyalarning daromadliligi) 7,1 barobarga oshirish aksiyalar bozor bahosini 10,1 barobar ortishi orqali jamiyatning kapitalizatsiya hajmini 46763,5 mln.so‘mdan 475130,9 mln.so‘mgacha o‘sishiga zamin yaratgan. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyati dividend siyosatini yuritishni ekonometrik tahlil qilish natijasida aksiyalar bozor bahosi o‘zgarishini prognoz qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish