Saidivaliev Shuxrat Umarxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligi tormoz pozisiyalarining uchastkalarini hisoblash uslubini takomillashtirish», 05.08.03 –  Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1212.
Ilmiy rahbar:  Turanov Turanov Xabibulla Turanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/30.12.2019.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Dauseitov Ergen Balgaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligining to‘xtatish joylarida yakka vagonning tezligi, yurish yo‘li uzunligi va vaqtini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ratsional tarqatish tartibi va tormoz pozisiyalarining quvvatlari uyg‘unligini aniqlash asosida saralash tepaligining to‘xtatish joylarida vagon harakat tezligini me’yorga keltirish uchun yakka vagonning tezligi, yurish yo‘li uzunligi va vaqtini hisoblash uslubi takomillashtirilgan;
kinetik energiyaning o‘zgarishi to‘g‘risidagi teorema asosida tushish qismida bo‘ylama shamol kuchining ta’sirida g‘ildirak juftligining sirpanishdagi ishqalanishini hisobga olish uchun “vagon-yo‘l” tizimida to‘xtatish joyiga ega va tormozlashdan keyingi uchastkalarda kuchlarning bog‘liqlik ifodalari tuzilgan;
to‘xtatish joyiga ega uchastkaga vagonning kirib kelish boshlang‘ich tezligini hisobga olish asosida ushbu uchastkada vagonning harakatlanish vaqtini aniqlash uchun tormozlashdan keyingi harakatda “vagon-yo‘l” tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan;
kichik qiymatdagi bo‘ylama shamol ta’sirini hisobga olgan holda to‘xtatish joyiga ega uchastkalarida vagonning kinematik tavsiflarini hisoblashga doir algoritm va dasturiy ta’minot ishlab chiqish asosida ushbu tavsiflar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligi tormoz pozisiyalarining uchastkalarini hisoblash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
saralash tepaligining tushish qismini hisoblash, loyihalashga doir tuzilgan algoritmlar, dasturiy ta’minot va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ tashkilotida joriy etish uchun qabul qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 2 martdagi 01/876-20-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalarsaralash tepaligidan tushiriladigan vagonlarni katta tezlikda harakatlanib turgan vagonlar guruhiga urilish tezligini 1,5 baravarga kamaytirishga xizmat qiladi;
bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligining to‘xtatish joylarida yakka vagonning tezligi, yurish yo‘li uzunligi va vaqtini hisoblashning takomillashtirilgan uslubi “Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari tomonidan joriy etish uchun qabul qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 2 martdagi 01/876-20-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar vagon to‘xtash joylariga ega uchastkalarda va yo‘lda turgan vagonlarga urilish tezliklarini me’yorga mos bo‘lishi hamda vagonlarni bir biriga ulagichlarini ta’mirlash harajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Bundan tashqari, yangi ishlab chiqilgan uslub, hisoblangan saralash tepaligining maqbul balandligi, “yaxshi yugurakli” vagon “yomon yugurakli” vagonlarni quvib etib olish kabi jarayonlarini oldini olish va qo‘shimcha manyovr ishlaridan saqlash imkonini beradi;
saralash tepaligining to‘xtash joyiga ega uchastkalarida vagonning bosib o‘tgan yo‘li, vaqti va tezligini aniqlash imkonini beruvchi dasturiy ta’minot “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ tashkilotida joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi 2020 yil 23 iyul`dagi DGU 08417). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu dasturdan foydalangan holda, saralash tepaligining to‘xtatish joylarida vagonning bosib o‘tgan yo‘l uzunligi 9% ga va tormozlanish vaqtini 10% ga yaxshilashga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish