Qo‘chqorov Jur’at Jalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bazali tekislagich diskli yumshatkichlarining parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T944.
Ilmiy rahbar: Murodov Nusrat Murtazoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov O‘ral Nurmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan ekin maydonlarini joriy tekislashda energiya-resurstejamkorlikni ta’minlash, tekislash sifatini oshirish uchun bazali tekislagichga diskli yumshatkich ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ishchi yuzalari karama-karshi o‘ng va chap sferik diskli batareyalardan tashkil topgan yumshatgichli bazali tekislagichning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va ning texnologik ish jarayoni asoslangan; 
diskli yumshatkich diskining diametri tuproqni uning ishchi sirti bo‘ylab ko‘tarilish shartidan kelib chiqqan holda asoslangan;
diskli yumshatkich disklari orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar ularni tuproq bilan ta’sirlashish zonalari hamda harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagini hisobga olgan holda sifatli yumshatilishi ta’minlangan;
diskli yumshatkichlar bilan jihozlangan bazali tekislagich ish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi disk parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘lik ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bazali tekislagichga o‘rnatilgan diskli yumshatkichning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
uzun bazali tekislagichga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Uzun bazali tekislagich», №FAP 01235, 2017 y.). Natijada ekin maydonlarini kam energiya sarflab, sifatli tekislash imkonini beradigan qurilma ishlab chiqilgan;
diskli yumshatkich bilan jihozlangan bazali tekislagich konstruksiyasini loyihalash va ishlab chiqarish uchun dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 02/023-3206.-.son ma’lumotnomasi). Natijada diskli yumshatkich bilan jihozlangan bazali tekislagich konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
dala yuzasiga sifatli ishlov berilishini ta’minlaydigan diskli yumshatkich bilan jihozlangan bazali tekislagich Navoiy viloyati Qiziltepa hamda Buxoro viloyati Vobkent va Jondor tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 02/023-3206.-.son ma’lumotnomasi). Natijada dala yuzasini bir o‘tishda agrotexnik talablar darajasida tekislash hisobiga yonilg‘i sarfini 20-25% tejash, ish unumini 1,5 martagacha oshirish ta’minlangan;
ishlab chiqilgan diskli yumshatkich bilan jihozlangan bazali tekislagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (konstruktiv sxema, texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 02/023-3206.-.son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni joriy tekislashda qo‘llaniladigan diskli yumshatkich bilan jihozlangan bazali tekislagichni  ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish