Sarsenbaev Baxitjan Abdulgazievichning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Baliqchilik sohasi rivojlanishini marketing yondashuvlari asosida takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt429.
Ilmiy rahbar: Ivatov Irisbek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.01.2020.I.20.06 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi baliqchilik sohasi rivojlanishini marketing yondashuvlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baliqchilik klasterlarini tashkil etish asosida yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida, tabiiy va sun’iy suv havzalarida qafas usulida baliq etishtirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini ko‘paytirish taklifi asoslangan;
baliq mahsulotlari savdosini rivojlantirishda marketing strategiyasi asosida baliq etishtirish uchun sarflangan xarajatlar, baliq mahsuloti sifati, baliq etishtirishdagi infratuzilma sifati, baliq etishtirish tarkiblarining talabga mos parametrlari ishlab chiqildi;
baliqchilik sohasi ishlab chiqarishda biologik resurslarni ko‘paytirish, gidrosfera va hududlarning ekologik xavfsizligini ta’minlash asosida aholi iste’molida zarur baliq va baliq mahsulotlarini go‘sht narxiga nisbatan arzonroq narxlarda etishtirishning marketing usullari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025 yilgacha baliqchilik xo‘jaliklarida baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi.
Baliqchilik sohasi rivojlanishini marketing yondashuvlari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
baliqchilik klasterlarini tashkil etish asosida yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida, tabiiy va sun’iy suv havzalarida qafas usulida baliq etishtirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga tegishli korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 03/04/401-son ma’lumotnomasi). Natijada baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7 foizga oshgan;
baliq mahsulotlari savdosini rivojlantirishda marketing strategiyasi asosida baliq etishtirish uchun sarflangan xarajatlar, baliq mahsuloti sifati, baliq etishtirishdagi infratuzilma sifati, baliq etishtirish tarkiblarining talabga mos parametrlari ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 01/1332-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqchilik sohasini rivojlantirishning marketing tamoyillaridan foydalanib, baliq mahsulotlari chakana savdosini tartibga solishda segmentlarni e’tiborga olish mexanizmi ishlab chiqilgan;
baliqchilik sohasi ishlab chiqarishda biologik resurslarni ko‘paytirish, gidrosfera va hududlarning ekologik xavfsizligini ta’minlash asosida aholi iste’molida zarur baliq va baliq mahsulotlarini go‘sht narxiga nisbatan arzonroq narxlarda etishtirishning marketing usullari ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 01/1332-son ma’lumotnomasi). Natijada baliq va baliq mahsulotlarini sotish hajmi 5 foizga oshgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025 yilgacha baliqchilik xo‘jaliklarida baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga tegishli korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 03/04/401-son ma’lumotnomasi). Natijada baliq xo‘jaliklarini rivojlantirishning maqsadli yo‘nalishlari, kompleks dasturlari va istiqboldagi ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasi ta’minlangan.