Jiyanqulova Rahima Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Professional ta’lim mazmunini milliy qadriyatlar bilan integratsiyalash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1031.
Ilmiy rahbar:Shodiev Narziqul Shodievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Salieva Zuxra Taxirovna pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini milliy qadriyatlar bilan integratsiyalash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning o‘quv-bilish motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonlar milliy qadriyatlarni anglashning kasbiy tayyorgarlik natijalarga ta’siri produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
milliy qadriyatlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning integrativ modeli qadriyatga oid ma’lumotlarni tizimliligi, milliy qadriyatlarga oid-me’yoriy shartlilik va integrativlik tamoyillari hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mohirlik sifatlari (kreativlik, ishonchlilik, irodaviylik, epchillik, ilmga asoslanganlik) tizimi asosida takomillashtirilgan;
“Gilamchilik texnologiyasi” o‘quv kursi mazmuniga xalq va amaliy bezak san’ati hunarmandchiligi hamda ustoz-shogird an’analari vositasida milliy qadriyatlarni singdirish asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini baholashning kognitiv, produktiv va kreativ mezonlari milliy qadriyatlarni o‘zlashtirishning produktivligi (ustoz-shogird an’analariga sodiqlik, urf-odatlarni qadrlash, mehnatsevarlik, tajribaga asoslanganlik) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Professional ta’lim mazmunini milliy qadriyatlar bilan integratsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak mutaxassislarni milliy qadriyatlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlarini ta’minlashga doir takliflari va milliy qadriyatlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning integrativ tuzilmasidan Jizzax politexnika institutining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2018) mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 89-06-99-son ma’lumotnomasi). Bo‘lajak mutaxassislarni milliy qadriyatlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning integrativ tuzilmasi o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart- sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
pedagogika kollejlarida kasbiy faoliyatga tayyorlashning milliy qadriyatlarga asoslangan integrativ konseptual modeli va uni tadbiq etishga doir takliflar «Kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-pedagogik asoslari» o‘quv-metodik ta’minoti mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 89-06-99-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ustoz-shogird an’analari vositasida professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi va bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlariga oid taklif va tavsiyalari asosida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 89-06-99-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika umumkasbiy va maxsus fanlar mazmunini milliy qadriyatlar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan.