Qurbonov Shuxrat Bekmetovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston qishloq tumanlari rivojlanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/G1.

Ilmiy rahbar: [Soliev Abdusami Solievich], geografiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.

Rasmiy opponentlar: Qayumov Abduxakim Abduxamidovich, geografiya fanlari doktori, professor; Azimov Shuhrat Akromovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi qishloq tumanlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hududiy xususiyatlarini ochib berish hamda mavjud muammolarning echimi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qishloq tumanlarini yirik masshtabli iqtisodiy-geografik tadqiq qilishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;

qishloq tumanlarining iqtisodiy-geografik salohiyatini baholash va undan foydalanish darajasini aniqlash metodikasi taklif qilingan indikator va indekslar majmui asosida takomillashtirilgan;

respublika qishloq tumanlarida turli tabiiy geografik sharoitlarda vujudga kelgan qishloq aholi manzilgohlarining joylashuv shakllari aniqlangan;

O‘zbekiston qishloq tumanlarining iqtisodiy faolligini aniqlash mezonlari va uni hisoblash usuli asoslangan;

qishloq tumanlari va ularning ma’muriy markazlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qishloq tumanlari rivojlanishining iqtisodiy-geografik xususiyatlari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar asosida:

qishloq tumanlarini yirik masshtabli iqtisodiy-geografik tadqiq qilishning takomillashtirilgan ilmiy-uslubiy asoslari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zStandart Davlat agentligida 2014 yil 10 oktyabrda O‘zDSt 36.1559:2014 №5181 qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan). Mazkur taklifning amalga oshirilishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida (5140600–Geografiya) «Sotsial geografiya», «Geografik tadqiqot usullari» fanlarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirishga, xususan, qishloq joylar geografiyasini tadqiq qilishda yangi yondashuv asosida mamlakatimiz ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;

qishloq tumanlarining iqtisodiy-geografik salohiyatini baholash va undan foydalanish darajasini aniqlash metodikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 24 yanvardagi 01/72-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy ishlanmadan foydalanish respublika qishloq tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reytingini ishlab chiqish hamda Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Shumanay, Chimboy, Qorao‘zak, Qonliko‘l va Taxtako‘pir tumanlarida mavjud iqtisodiy-geografik salohiyatdan foydalanish darajasi nisbatan past ekanligini aniqlashga imkon bergan;

respublika qishloq tumanlarida turli tabiiy geografik sharoitlarda vujudga kelgan qishloq aholi manzilgohlarining joylashuv shakllarini ajratish va asoslash borasidagi takliflar Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 02-03-5273-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi «O‘zbekiston aholi xaritasi» va ilk bor tuzilgan «O‘zbekiston qishloq tumanlarining qishloq aholi joylashuvi bo‘yicha tiplari xaritasi»ni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan;

qishloq tumanlarining iqtisodiy faolligini aniqlash mezonlari va uni hisoblash usuli «Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mintaqa bozor infratuzilmasini rivojlanishi» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 8 noyabrdagi FTK-03-13/777-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish mamlakatimizda qishloq tumanlarining iqtisodiy faolligi bo‘yicha reyting o‘rinlarini aniqlash va ular asosida qishloq joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini taklif qilish imkonini bergan;

qishloq tumanlari va ular markazlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va ularning echimi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 24 yanvardagi 01/72-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2011–2013 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi 48 (444)-son qarorini bajarilishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish