Vasidov Abdisamatning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konstruksiyaviy va bioekologik materiallarni aktivatsion va izlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish”, 01.04.01 – Eksperimental fizikaning usullari va asboblari (texnika fanlari doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T386.
Ilmiy maslahatchi: [Muxammedov Suyun], texnika fanlari doktori, professor/
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc. 02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Soloduxin Vladimir Petrovich, fizika-matematika fanlari doktori; Qulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qurbanov Baxtiyar Ibragimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik organlari, qadimiy suyak topilmalari, konstruksiyaviy materiallar va atrof-muhit ob’ektlarida kimyoviy va radioaktiv elementlar konsentratsiyasini aniqlashda samaradorligi yuqori bo‘lgan aktivatsion va izlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
proton ta’sirida hosil bo‘ladigan 14 ta 66,67Zn, 86Sr, 117,120,122Sn, 121,123Sb, 103Rh, 133Ss, 134,136Ba va 204,206Pb yadro reaksiyalari uchun uyg‘onish funksiyalari aniqlangan hamda proton va deytronlar ta’sirida hosil bo‘ladigan 76 radionuklidlarning chiqish kattaliklari hisoblangan;
103Rh(p,n)103Pd reaksiyasining uyg‘onish funksiyasi va chiqish kattaligi, uning hosil bo‘lish bo‘sag‘asidan to 16 MeVgacha aniqlangan va rodiyni tahlil qilishda 103Pd ning 350 keV energiyali (0.03%) γ-kvanti o‘rniga, uning 21 keV energiyali (70%) X-nurlari qayd qilinganda rodiyni aniqlash imkoni 250 martaga oshishi isbotlangan;
instrumental neytron aktivatsion tahlil usuli ishlab chiqilgan va erni biologik fosfat bakteriya shtammi bilan o‘g‘itlantirilganda paxta va qand lavlagi o‘simliklari organlaridagi o‘sish va mevalash jarayonida 20 dan ko‘p elementlarning qiymatlari va Cr, Zn, Cu, Sr va Ba kabi og‘ir mikroelemetlarning biologik yutilish koeffisientlari aniqlangan;
alyuminiy va magniy qotishmalarini protonlar bilan tahlil qilish usuli yaratilgan va Li, B, C, N, O, Ni, Y, Zr, Nb, Pb elementlarini aniqlashda uning boshqa aktivatsion usullarga nisbatan afzalligi ko‘rsatilgan;
ekspozisiya vaqtini 3-6 baravar va tahlil xatoliklarni qisqartirishga imkon beradigan CR-39 detektori bilan suvdagi radon konsentratsiyasini aniqlashning yangi usuli yaratilgan;
dala sharoitida tuproq yuzasining radon eksxalyasiya tezligini aniqlashda uch kamerali radon registratori yaratilgan, radon eksxalyasiyasining fasllarga bog‘liqligi va uning eksxalyasiya tezligi laboratoriya sharoitida o‘lchangan tuproqqa nisbatan yuzdan ko‘p marta katta ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konstruksiyaviy va bioekologik materiallarni aktivatsion va izlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
proton ta’sirida hosil bo‘ladigan 14 yadro reaksiyalarining uyg‘onish funksiyalari hamda proton va deytronlar ta’sirida hosil bo‘ladigan 76 radionuklidlarning chiqish kattaliklari O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar zaruriyati uchun maqsadli radioizotoplarni olishda foydalanilgan (MChJ “Tezlatgich” 2021 yil 28 yanvardagi 0122/1 - son ma’lumotnomasi). Natijada, radioaktiv izotoplarni olish effektivligi va zaryadlangan zarrachalar bilan aktivatsion tahlil o‘tkazish ekspressligi sezilarli darajaga oshish imkonini bergan;
103Rh(p,n)103Pd reaksiyasining uyg‘onish funksiyasi va chiqish kattaligidan va 103Pd ning γ-kvanti o‘rniga, uning X-nurlari qayd qilinganda rodiyni aniqlash imkoni 250 martaga oshishi natijasi OOO «Tezlatgich» korxonasi tomonidan palladiy-103 radioizotopini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (MChJ “Tezlatgich” 2021 yil 28 yanvardagi 0122/1 - son ma’lumotnomasi). Natijada, Pd-103 tashuvchisizni olish texnologiyasi usulini ishlab chiqish imkonini bergan, ixtiro patenti olingan;
instrumental neytron aktivatsion tahlil usuli va erni biologik fosfat bakteriya shtammi bilan o‘g‘itlantirilganda paxta va qand lavlagi o‘simliklari organlaridagi o‘sish va mevalash jarayonida mikroelementlarining qiymatlari Mikrobiologiya institutining P-11.1.31 «Samarali tuproq unumdorligini tiklash va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish» (2003-2005) amaliy va UB ARS 17 «Xom paxtadan ekologik toza hosil olish uchun paxtani etishtirishning biologik va agrotexnik usullarini ishlab chiqish» (2003-2005) xalqaro loyihalar doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 26.11.2020 yildagi 4/1255-2646-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, fosfat birikmalarining eruvchanligi 30-35%, paxta hosildorligi 7-10 s/ga, qand lavlagi unumi esa 45 t/ga gacha oshishiga imkon bergan;
alyuminiy va magniy qotishmalarini protonlar bilan tahlil qilish usuli U-150 siklotronida har xil materiallar tarkibini tahlil qilishda foydalanilgan (MChJ “Tezlatgich” 2021 yil 28 yanvardagi 0122/1 - son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanilgan yaratma turli qotishmalardagi elementlar tarkibini aniqlashga imkon bergan;
CR-39 detektori bilan suvdagi radon konsentratsiyasini aniqlashning yangi usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 20180196, 30.09.2020) va O‘zR SSV Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 04.09.2020 yildagi 78/1597-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiena standartlari bo‘yicha ma’lumotlarni yangilashga imkon bergan;
dala sharoitida tuproq yuzasining radon eksxalyasiya tezligini aniqlashda juda oddiy uch kamerali radon registratori, radon eksxalyasiyasining fasllarga bog‘liqligi va uning eksxalyasiya tezligi laboratoriya sharoitida o‘lchangan tuproqqa nisbatan yuzdan ko‘p marta katta ekanligi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 04.09.2020 yildagi 78/1597-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilayotgan va foydalanuvdagi uylar uchun yangi radon chegara qiymatlari mos ravishda 100 Bk/m3 va 200 Bk/m3 kattaliklarga teng deb qabul qilingan.