Xudayberdieva Xuriyat Karimberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda millatlararo totuvlikni shakllantirishda san’atning estetik mohiyati”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat nazariyasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal379.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda millatlararo totuvlik g‘oyasini rivojlantirishda san’atning estetik mohiyatini tadqiq etish va ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlar faoliyatida millatlararo totuvlikning hamjihatlik, o‘zaro hamkorlik, bag‘rikenglik singari tamoyillarini rivojlantirishda san’atning estetik vazifasidan unumli foydalanish zarurligi falsafaning imkoniyat va voqelik kategoriyalari asosida dalillangan;
millatlararo totuvlik, fuqaroviy birlik va hamjihatlik tamoyillari uyg‘unligini takomillashtirishda san’atning konstruktiv (birlashtiruvchi, barqarorlashtiruvchi) ahamiyati estetikaning atributiv kategoriyalari (nafosat va ulug‘vorlik) kontekstida asoslangan;
yoshlar ongida millatlararo nomutanosiblik va ixtiloflarni keltirib chiqaruvchi omillar (millatchilik, irqchilik, kosmopolitizm)ni bartaraf etishda san’atning musiqa, badiiy adabiyot, amaliy san’at singari estetik tamoyillari substansional asosga ega ekanligi mantiqiy dalillangan;
yoshlar dunyoqarashida millatlararo totuvlikning shakllanishi jarayoniga san’atning estetik tarbiyaviy funksiyasi (teatr, kino, ommaviy axborot vositalari) orqali ta’sir etish imkoniyatlari falsafaning sabab va oqibat kategoriyalari negizida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda millatlararo totuvlikni takomillashtirishda estetik tarbiyaning roli muammolarini o‘rganish natijasida olingan xulosalar va takliflar asosida: 
millatlararo totuvlik, hamjihatlik g‘oyalarining targ‘iboti mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik masala ekanligiga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Milliy g‘oya – O‘zbekiston xalqining ishonch-e’tiqod manbai” deb nomlanuvchi 14-bobining mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2586-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda millatlararo totuvlikni kuchaytirishda san’atning estetik mohiyatini nazariy jihatdan asoslab berishga xizmat qilgan;
davlat siyosatidagi millatlararo totuvlik, fuqaroviy birlik va hamjihatlik tamoyillarining davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga ta’siriga doir xulosa va tavsiyalardan “Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarga berilayotgan e’tibor”, “Millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik-ijtimoiy taraqqiyot mezoni”, “Millatlararo munosabatlarni takomillashtirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni” kabi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2784-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
yoshlar o‘rtasida millatlararo nomutanosiblik va ixtiloflarni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llariga oid taklif-tavsiyalardan “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Milliy g‘oya – millatlararo totuvlik va hamjihatlikni takomillashtirish omili” deb nomlanuvchi 16-bobining “O‘zbekistonning ko‘pmillatli va poli-etnik davlat ekanligi”, “Milliy g‘oyada turli millatga mansub xalqlarning manfaatlari va maqsadlarining ifodalanishi”, “Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni takomillashtirishda milliy g‘oya rolining oshib borishi” kabi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2586-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda millatlararo totuvlikni kuchaytirishda san’atning estetik mohiyatini nazariy jihatdan asoslab berishga xizmat qilgan;
yoshlarda millatlararo totuvlikning shakllanishi jarayonida san’atning estetik tarbiya bilan bog‘liqligiga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2020 yil 8 avgust kuni efirga uzatilgan  “Yoshlar-kelajagimiz” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 24 avgustdagi 09-01/255-son ma’lumotnomasi). Natijada, namoyish etilayotgan ko‘rsatuvlarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish