Nazarova Dildora Ilxomovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jamol Kamol she’riyati poetikasi»,  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil800.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jamol Kamol she’riyatining janriy tarkibi, mavzu-mundarijasi, vazn xususiyatlari, badiiy tilini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
muayyan davr adabiyoti, she’riyati tekshirilgan ishlar va maxsus tadqiqotlarda Jamol Kamolga munosabat masalasi yoritilgan, ijodkor shaxsiyati va poetik dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etgan ijtimoiy (oila muhiti, XX asr ikkinchi yarmi Buxoro adabiy harakatchiligi) va xalq og‘zaki ijodi, jahon va Sharq mumtoz adabiyoti, badiiy tarjima badiiy omillar aniqlangan;
shoir she’riyatining g‘azal, qasida, mustazod, muxammas, ruboiy, fard kabi janriy jihatdan mumtoz va sakkizlik, tarona, doston, ballada  kabi zamonaviy janrlardan tarkib topganligi asoslangan; ularga xos vazn mutanosibligi, rukn va turoqlar uyg‘unligi, qofiya, radif unsurlarining muayyan izchillik kasb etishi kabi an’anaviylik va ruboiy vaznida doston yozish, badiiy sintez singari novatorlik masalalari yoritilgan;
shoir g‘azallari ramal, hazaj, rajaz bahrlarida: g‘azali musajja’, g‘azali muvashshah, g‘azali nazira ko‘rinishlarida yaratilganligi asoslanib; ularda yaratilgan an’anaviy oy, yulduz, quyosh timsollari ma’shuqa va oshiq obrazida namoyon bo‘lishi dalillangan; ruboiylarning hazaj bahri axrami abtar, axrami makfufi ajabb, axrami maksuri aslam shajaralarida yozilganligi dalillangan;taronaning mazmun jihatidan mumtoz adabiyotdagi ruboiy va badiiy shakl nuqtai nazardan zamonaviy she’riyatdagi to‘rtlikning badiiy sintezi ekanligi; mustaqil va taxmis muxammaslarda mazmunning ijtimoiylashuvi, qasida ruhi yetakchilik qilishi kabi jihatlar ochib berilgan;
Sharq she’riyatidagi musamman, G‘arb adabiyotidagi oktava janri sintezi sifatida yuzaga kelgan shoir sakkizliklarining axloqiy mazmuni muayyan davr adabiyoti, she’riyati tekshirilgan ishlar va maxsus tadqiqotlarda Jamol Kamolga munosabat masalasi yoritilgan, ijodkor shaxsiyati va poetik dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etgan ijtimoiy (oila muhiti, XX asr ikkinchi yarmi Buxoro adabiy harakatchiligi) va xalq og‘zaki ijodi, jahon va Sharq mumtoz adabiyoti, badiiy tarjima badiiy omillar aniqlangan;
shoir she’riyatining g‘azal, qasida, mustazod, muxammas, ruboiy, fard kabi janriy jihatdan mumtoz va sakkizlik, tarona, doston, ballada  kabi zamonaviy janrlardan tarkib topganligi asoslangan; ularga xos vazn mutanosibligi, rukn va turoqlar uyg‘unligi, qofiya, radif unsurlarining muayyan izchillik kasb etishi kabi an’anaviylik va ruboiy vaznida doston yozish, badiiy sintez singari novatorlik masalalari yoritilgan;
shoir g‘azallari ramal, hazaj, rajaz bahrlarida: g‘azali musajja’, g‘azali muvashshah, g‘azali nazira ko‘rinishlarida yaratilganligi asoslanib; ularda yaratilgan an’anaviy oy, yulduz, quyosh timsollari ma’shuqa va oshiq obrazida namoyon bo‘lishi dalillangan; ruboiylarning hazaj bahri axrami abtar, axrami makfufi ajabb, axrami maksuri aslam shajaralarida yozilganligi dalillangan;taronaning mazmun jihatidan mumtoz adabiyotdagi ruboiy va badiiy shakl nuqtai nazardan zamonaviy she’riyatdagi to‘rtlikning badiiy sintezi ekanligi; mustaqil va taxmis muxammaslarda mazmunning ijtimoiylashuvi, qasida ruhi yetakchilik qilishi kabi jihatlar ochib berilgan;
Sharq she’riyatidagi musamman, G‘arb adabiyotidagi oktava janri sintezi sifatida yuzaga kelgan shoir sakkizliklarining axloqiy mazmuni yoritilgan, barmoq vaznidagi she’rlarda janr va obraz, turoq va band muammosi, simmetriya hodisasi asoslangan; shoirning lirik, liro-epik dostonlari mazmun-mundarijasi (tarixiy, urush, zamonaviy voqelik talqini, milliy ozodlik), uslubiy izlanish masnaviy, aruz, barmoq, erkin vaznda yozilgan va rivoyat stilizatsiyasiga asoslangan yo‘nalishiga ko‘ra ichki tasniflangan; ularga xos chuqur lirizm, voqeabandlik xususiyatlari ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamol Kamol she’riyati poetikasiga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Jamol Kamol she’riyati va poetik tafakkur yangilanishlari, shoir she’riyatining janriy tarkibi, uslubi va tasvir mahorati ochib berilgan, badiiy tahlil qilish mezonlari ishlab chiqilgan tavsiyalardan, uning aruz hamda barmoq vaznida yozilgan she’rlari va ularning  badiiy tafakkur rivojidagi ahamiyati yoritib berilgan tahlillardan F1-XT-0-19919-raqamli «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni» mavzusidagi fundamental loyihasida (2012-2016) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 89-03-3551-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar asosida she’r nazariyasi va poetikasi bilan bog‘liq ilmiy terminlar  izohlari mukammallashtirilgan;
istiqlol davrida o‘zbek she’riyatida yuz bergan poetik mazmun, shakl, obraz yangilanishiga xos xususiyatlarni, badiiy qonuniyatlarni, an’ana va novatorlik, aruz vaznida ijod qilishning davom ettirilishi kabi masalalarni yoritishga F-1-06 «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» mavzusidagi loyihada (2012-2016)   foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 89-03-3551-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan fundamental loyiha dissertatsiya materiallari orqali boyitilgan va «she’r uslubi», «ijodiy individuallik», «an’ana», «novatorlik», «badiiy nutq» kabi ilmiy istilohlar izohlari mukammallashtirilgan, mustaqillik davri she’riyatida shoir uslubi va individualligi muammosini kitobxonga anglatish, bunda masalaning ijtimoiy-psixologik, badiiy-estetik jihatlariga urg‘u berish, ijodkor ruhiy olamini tadqiq qilish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Jamol Kamol she’riyatidagi an’anaviylikning Temuriylar davrida yaratilgan «Xamsa» dostonlari mazmunidan foydalanish va ularga xos  badiiy shaklni qo‘llashda namoyon bo‘lganligi; shoir she’riyatida g‘azali musajja’, g‘azali muvashshah, g‘azali nazira, ruboiy, taxmis-muxammas, mustazod singari xilma-xil janrlarning mavjudligi bilan bog‘liqligiga oid ilmiy xulosalardan OT-F1-138-raqamli «Temuriylar davrida yaratilgan «Xamsa»larning komparativistik tadqiqi» mavzusidagi fundamental loyihada (2017-2020) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 8 yanvar`  89-03-114-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirning o‘zbek mumtoz she’riyatidan o‘rganish orqali g‘azalning bir necha ko‘rinishlarida ijod qilganligi; an’ana va vorisiylik; lirik janrdagi izlanishlarida namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
zamonaviy adabiyotshunoslik muammolari, ijodkor uslubi, badiiy mahorati, she’r poetikasiga oid ilmiy qarashlardan Buxoro Viloyat Teleradiokompaniyasida «Adabiy muhit», «Asrlarning asraganlari» ko‘rsatuvlarining 2019 yil aprel` va iyun` sonidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil aprel` va may sonidagi №1/60-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada  muxlislarning XX asr o‘zbek adabiyotining taniqli namoyondasi, O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga, adabiyot fondi zahirasini boyitishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish