Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda dizaynning immanent xususiyatlari», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fa11.
Ilmiy maslahatchi: Nurmatova Mukaram Axmedovna, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori; Nozilov Dodo Avazovich, arxitektura doktori.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda dizayn immanent xususiyatlarining pragmatik-aksiologik ahamiyatini ochib berish hamda dizayn nazariyasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy-estetik madaniyat mexanizmlari (badiiy-estetik ehtiyoj, badiiy-estetik munosabat, badiiy-estetik faoliyat)ning uyg‘unligini ta’minlashda madaniyat muassasalari, tashkilotlar, ijtimoiy institutlarning vositachilik xususiyatlari (badiiy-estetik qadriyatlarni yaratish, ommalashtirish, monitoringini olib borish) ochib berilgan;
dizayn va san’at hamkorligi, ularda ilmiy-ratsional va badiiy-estetik xususiyatlar transformatsiyasi ilmiy-nazariy asoslangan;
dizaynning badiiy-obrazlilik, ijodiylik, bunyodkorlik kabi immanent xususiyatlari utilitar-estetik, pragmatik-aksiologik tamoyillar asosida ochib berilgan;
O‘zbekistonda dizayn ijtimoiy-madaniy dinamikasining omillari (innovatsion texnologiyalar, milliy va zamonaviy ijodiy uslublar) asoslangan;
badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda dizayn faoliyatining badiiy-obrazli modellashtirish, tizimlilik, ilmiy asoslanganlik kabi xususiyatlaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
badiiy-estetik madaniyat mexanizmlarining uyg‘unligini ta’minlashda madaniy muassasalarning vositachilik xususiyatlaridan foydalanishga oid tavsiya va takliflardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil etilgan «Tasviriy va amaliy san’at festivali» (2017 yil 18-22 aprel`) doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2017 yil 6 maydagi 01-16/ 263-734-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi libos dizaynida yangi g‘oyalar, dizayn innovatsiyalari va milliy uslublarni uyg‘unlashtirish, ilmiy-ratsional va badiiy-estetik xususiyatlar transformatsiyasiga xizmat qilgan;
badiiy-estetik qadriyatlarni ommalashtirish va monitoringini olib borishga doirtaklif va tavsiyalardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi faoliyatida foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 31 yanvardagi 42-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi badiiy-estetik qadriyatlarni yoshlarga singdirish hamda badiiy-estetik faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilgan;
dizayn va san’at hamkorligi, ularda ilmiy-ratsional va badiiy-estetik xususiyatlar transformatsiyasiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» telekanalining «Ko‘ngildagi gaplar», («Go‘zallik», 2016 yil, avgust), «Balog‘at bekati» (2016 yil, oktyabr`) ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2016 yil 26 dekabrdagi 03-18-612-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ko‘rsatuvlarning ilmiy-nazariy jihatini, badiiy-estetik ta’sirchanligini oshirish imkonini bergan;
badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda dizaynning immanent xususiyatlariga oid ishlab chiqilgan takliflardan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2016 yil 27 sentyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi tabiat va antropogen muhitni birlashtirish orqali estetik makonni yuzaga keltirish, ko‘cha va mahallalar umumiy manzarasida yaxlitlik, izchillik, shakl va mazmun uyg‘unligini ta’minlash orqali Toshkent shahri arxitekturaviy-badiiy qiyofasini takomillashtirishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekistonda dizayn ijtimoiy-madaniy dinamikasining omillari va uning madaniy makonga ta’siri xususidagi taklif va tavsiyalardan «Toshshaharnur» davlat unitar korxonasi faoliyatida foydalanilgan («Toshshaharnur» davlat unitar korxonasining 2016 yil 18 noyabr` 35-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar shaharsozlikda dizaynning emotsional-estetik ta’siri va ijtimoiy ahamiyatini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shgan.