O‘roqov Sirojiddin Xudayberdievichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vodiysi sharoitida marjumak hosildorligiga ma’danli o‘g‘itlar ta’sirining fiziologik asoslari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/B79.
Ilmiy maslahatchi: Xo‘jaev Jo‘raqul Xo‘jaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01. 
Rasmiy opponentlar: Davranov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xamdamov Iskandar, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: takroriy ekin sifatida etishtirilgan marjumak navlarining o‘sishi, rivojlanishi, fiziologiyasi hamda urug‘larining fiziologik xususiyatlari va biokimyoviy tarkibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vodiysi sharoitida marjumak navlarining fotosintetik ko‘rsatkichlari (barg sathi, quruq modda va fotosintez sof mahsuldorligi) ma’danli o‘g‘it me’yorlari ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
marjumak barglari tarkibidagi “a” va “b” xlorofill pigmentlari, karotinoidlarning rivojlanish fazalari bo‘yicha o‘zgarish dinamikasi oziqa elementlari bilan ta’minlanganligiga bog‘liqligi isbotlangan;
Zarafshon vodiysi sharoitida ma’danli o‘g‘it me’yorlari ta’sirida marjumak navlari barglaridagi suv miqdori, transpiratsiya jadalligi va suv tanqisligi nav xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi isbotlangan;
ilk bor takroriy ekin sifatida etishtirilgan marjumak navlarining o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari ma’danli o‘g‘itlarga bog‘liqligi fiziologik jihatdan asoslangan;
ilk bor Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan erlarida takroriy ekin sifatida etishtirilgan marjumak navlari donlarining biokimyoviy tarkibi aniqlangan;
marjumak urug‘larining fiziologik xususiyatlari (urug‘larning tinim davri, hayotchanligi, unish quvvati va unuvchanligi) aniqlangan hamda etishtirilgan hosildan urug‘lik chiqimini oshirish imkoniyati fiziologik jihatdan asoslangan; 
Zarafshon vodiysi sharoitida marjumak navlarining biologik, fiziologik xususiyatlari asosida hosildorlikni oshirish, don sifatini yaxshilash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zarafshon vodiysi sharoitida marjumakni takroriy ekin sifatida etishtirish va o‘g‘itlar ta’sirining fiziologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
marjumak navlari urug‘larining fiziologik xususiyatlari (tinim davri, saqlash muddatlari, ekish chuqurligi, unish quvvati va unuvchanligi, unib chiqish uchun zarur bo‘lgan optimal harorat) aniqlanib, 5,0–7,0 sm chuqurlikda ekish texnologiyasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumani «Zarband Agro star», «Shaxriddin nurli zamin» fermer xo‘jaliklarida, jami 7,8 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 02/021-3855-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2 yilda o‘rtacha 19,3–19,8 s/ga don hosili olinib, fermer xo‘jaliklari rentabelligi 22,1–24,7% ortishiga xizmat qilgan;
marjumak urug‘lariga Raksil preparati bilan (2 kg/t) kimyoviy ishlov berish texnologiyasi Samarqand viloyatining Payariq va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida, jami 8,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 28 noyabrdagi 04-02/8-1227-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydonlarda maysalarni to‘liq undirib olish va 18,8–19,3 s/ga hosil olishni ta’minlash hamda tarmoq rentabelligi 14,1–18,6% oshishi bilan birga atrof-muhitni ifloslantirmaslik, ekologik holatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik imkonini bergan;
marjumak navlarining suv almashinuv xususiyatlari (barglardagi suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv tanqisligi)ni aniqlash orqali navlarni etishtirishda maqbul sug‘orish rejimi bo‘yicha texnologiyalar Samarqand viloyati, Payariq va Oqdaryo tumanlarida, jami 6,9 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 02/021-3855-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu texnologiya suv resurslarini 13,3–15,2% tejash imkonini bergan;
marjumak navlarini etishtirish texnologiyasi Samarqand viloyati Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Jomboy va Oqdaryo tumanlarida, jami 24,9 gektar maydonga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 5 dekabrdagi 7-4-158-2546-son ma’lumotnomasi). Natijada, un chiqimini baholash maqsadida korxonaga topshirilgan 500 kg marjumak donidan 390 kg marjumak uni va 110 kg qo‘shimcha mahsulot olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish