El`kin Denis Yur`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polilingval sharoitida badiiy matnlarning lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil173.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor; Shhitka Nelya Nikolaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbekistonlik rusiyzabon yozuvchilar badiiy matnlariga xos bo‘lgan lingvomadaniy xususiyatlarni aniqlash va polilingval sharoitda badiiy matnning lingvomadaniy tadqiqini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy asarlardagi lisoniy etnik manzaralar ifodasi til, millat, din, uy, oila, ijod / musiqa, vaqt va makon konseptlari orqali ochib berilgan;
til birliklari, xususan, leksik-frazeologik birliklarning olamning etnik landshafti milliy-madaniy xususiyatlarini ochishdagi funksional imkoniyati makon, zamon va miqdor o‘lchovlari vositasida dalillangan; 
o‘zlashma qatlam, atoqli otlar, frazeologizm va bazaviy konseptlarning qiyosiy tahlili orqali badiiy matndagi xarakterlarning milliy-madaniy xususiyatlari va individual-mualliflik yondashuvining o‘zaro nisbiyligi ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan;
o‘zbekistonlik rusiyzabon ijodkorlar asaridagi polilingval makon shakllanishining yopiq anklav va chegarasiz makon turlari badiiy matnda parallel zamon tasviri orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
matnlarning lingvomadaniy tahlili tamoyillari asosida lisoniy etnik xaritalar konseptual  elementlarining o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 5A111301 – Ona tili va adabiyoti (Koreys tili va adabiyoti) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv-metodik kompleksi VI modulini yaratish uchun asos bo‘lib hizmat qilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 iyuldagi 89-03-1905-son ma’lumotnomasi). Natijada magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1 va 2- bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallaridagi ilmiy-nazariy fikrlarni tizimlashtirishga hizmat qilgan;  
til birliklari, xususan, leksik-frazeologik birliklarning  olamning etnik lisoniy manzarasini ochishdagi funksional imkoniyatlariga oid xulosalardan A-1-209 «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish» nomli amaliy loyihada  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 iyuldagi 89-03-1905-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar mavzularini yoritishda, o‘qitiladigan fanlarni takomillashtirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishiga hizmat qilgan; 
badiiy matndagi xarakterlarning milliy-madaniy xususiyatlari va individual-mualliflik yondashuvining o‘zaro bog‘liqligi ta’sirida shakllangan o‘zlashma qatlam, atoqli otlar, frazeologizm va bazaviy konseptlarning qiyosiy tahliliga oid xulosalardan OT-A1-118 «O‘zbekiston Respublikasi ko‘ptilli ta’lim tizimida ta’lim sifati samaradorligini oshirish metodologiyasini ishlab chiqish va tatbiq qilish» nomli amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 iyuldagi 89-03-1905-son ma’lumotnomasi). Naatijada «Lingvomadaniy va lingvistik terminlar lug‘ati» (Slovar` lingvokul`turologicheskix i lingvisticheskix terminov. – T., 2019.) ni tuzishda ilmiy-amaliy manba sifatida hizmat qilgan; 
rusiyzabon mualliflarning milliy-madaniy xarakterlarni yaratishdagi individual xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekistondagi Rus madaniyat markazi tomonidan tashkillashtirilgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari, rusiyzabon pedagoglarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan ilmiy seminarda foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniy markazining 2019 yil 9 noyabrdagi 02-201-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning badiiy asar tilini rivojlantirishning nazariy qoidalarini baholash uchun zarur bo‘lgan  kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga  hizmat qilgan; 
Timur Po‘latov va Dina Rubina asarlari tahliliga oid polilingval makon shakllanishining yopiq anklav va chegarasiz makon turlariga oid xulosalardan “Russkiy mir” fondining “Rus tili va adabiyoti kasbiy muloqot va mul`timadaniy maydonda” Gr/II-180-18 loyihasi doirasida foydalanilgan (Saratov davlat yuridik akademiyasining 2020 yil 10 yanvardagi 1962-son ma’lumotnomasi). Natijada  “Ko‘ptilli  sharoitda badiiy matn lingvomadaniy tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy ma’ruzani tayyorlashda muhim manba vazifasini o‘tagan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish