Tursunov Akmal Rahmatullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tilshunosligida yasama so‘z talqini»,  10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.2.PhD/Fil.126. 
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Tursunali Utaevich, filologiya fanlari doktori, professor    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Saida Axmedjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Abdiev Murodqosim Bolibekovich, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida yasama so‘zlarning mazmun xususiyatlari va usullari, til birliklari tizimidagi maqomi, til va nutqdagi o‘rni masalalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishdagi mahoratni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yasama so‘zni o‘rganishning struktur-semantik, nominativ-onomasiologik va transformatsion bosqichlari ketma-ketlik asosida dalillangan;
yasama so‘zning boshqa til birliklari tizimidagi mavqei, mohiyati va sinxron-sintagmatik xususiyati aniqlangan; 
so‘z yasalishining sotsiolingvistik, pragmatik tomonini ko‘rsatadigan nominativ-onomasiologik belgilari faktik materiallar orqali isbotlangan;
yasama so‘zning til tizimi birliklari (fonema, morfema, leksema, so‘zshakl, so‘z birikmasi, gap) bilan munosabati va aloqasi, yasama so‘zning ma’nosi uzual va okkazional yasalmalar tahlili asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilshunosligida yasama so‘z talqinini o‘rganish  kabi jihatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
yasama so‘zning boshqa til birliklari tizimidagi mavqei va so‘z yasalishdagi unumli hamda unumsiz modellarini belgilash kabi xulosalardan ITD-1-07-raqamli «Tilshunoslik asoslari» fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish» nomli fundamental loyihada (2012-2014) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 89-03-296-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yasama so‘zning uzual va okkazional yasalmalar tahlilini aniqlashga xizmat qilgan;
so‘z yasalishining sotsiolingvistik, pragmatik tomonini ko‘rsatadigan nominativ-onomasiologik belgilari va sinxron-sintagmatik xususiyatiga oid xulosalardan FA-F1-G041-raqamli «O‘zbek tili leksikasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» nomli fundamental loyihada (2012-2016) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 10 martdagi №3/1255-1236-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili leksikasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etishida, so‘z yasalish hodisasini yangicha talqin  qilishga imkon bergan;
o‘zbek tilshunosligida yasama so‘zning o‘rganilish tarixi, sohadagi istiqbolli ilmiy fikr va qarashlar funksional imkoniyatlarning kengayotganligini ko‘rsatib beruvchi materiallardan «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Munosabat» dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining  2019 yil 27 sentyabrdagi 01-14-2029-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yasama so‘zning ma’nosi, bu ma’noning boshqa ma’no turlaridan farqli jihatlariga oid bilimlarni takomillashtirish va boyitishga erishilgan; 
til taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, o‘zbek tilshunosligida yasama so‘zning o‘rganilish tarixi, yasama so‘zning davrlar bo‘yicha talqinlari, bu talqinlarning fan tarixidagi o‘rni va mavqeini aniqlash, sohadagi istiqbolli ilmiy yondashuvni ko‘rsatib beruvchi materiallardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining «Davlat tili – millat g‘ururi», «Qadriyat», «Dolzarb mavzu», «Munosabat» ko‘rsatuv ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 10 yanvardagi 01-02/13-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yasama so‘zning til tizimi birliklari bilan munosabati va aloqasi kabi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish