Salomov Shavkat Turabovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tuproqqa asosiy va g‘o‘za qator oraliqlariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx4.

Ilmiy maslahatchi: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik; Oripov Rozoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor;  Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqaningtuproq-iqlim sharoiti va ekilayotgan navlarning morfobiologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda g‘o‘zani 80x40, 80x60, 80 va 60 sm qator oraliqlarida etishtirish samaradorligini aniqlash hamda erga zanjirli va g‘ildirakli traktorlar yordamida asosiy hamda ekish oldidan ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor yuqori unumli zanjirli va g‘ildirakli traktorlar bilan tuproqqa asosiy hamda ekish oldidan ishlov berishda tuproqning zichlanishi, solishtirma og‘irligi, suv o‘tkazuvchanligi kabi agrofizik va suv-fizikaviy xossalariga ta’siri aniqlangan;

tuproqqa asosiy va ekish oldidan ishlov berishda turli texnikalar farqi, har xil qator oralarida chigit ekishning nihollarning unib chiqishi, fazalar bo‘yicha o‘sish va rivojlanish davrlari davomiyligiga ta’siri aniqlangan;

turli texnikalar yordamida tuproqqa asosiy, ekish oldi ishlov berish hamda har xil qator oraliqlarida parvarishlangan g‘o‘zaning ildiz tizimini shakllanishi, quruq massa to‘plashi,  ko‘chatlar soni va vilt  bilan zararlanishiga ta’siri tadqiq qilingan;

har xil qator oraliqlarda parvarishlangan g‘o‘za navlarida ishlov berish texnologiyasining asosiy elementlari hamda oziqlantirish tartibi takomillashtirilgan va ushbu qator oraliqlarida parvarishlanayotgan g‘o‘zalarning maqbul oziqlantirish me’yori aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Erga asosiy ishlov berish va g‘o‘zani turli qator oraliqlarida etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida «Suv tanqisligi sharoitida g‘o‘za navlarini parvarishlash agrotexnologiyalari bo‘yicha» hamda «Plyonka ostida chigit ekish va uni etishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha tavsiya» mavzusidagi tavsiyanomalar ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 iyundagi 02/20-377-son ma’lumotnomasi). Respublikaning paxtachilik fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zani 80x40 sm qator oralig‘ida etishtirish texnologiyasini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan;

erni yuqori unumli g‘ildrakli «Magnum-8940» va zanjirli T-4A traktorlari bilan shudgorlab, erta bahorda tuproqni chigit ekish oldidan zanjirli T-4A ishlov berish tadbirlarini amalga oshirib, g‘o‘zani 80x40 sm qator oralig‘ida etishtirish texnologiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo, Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Kegeyli, tumanlarida, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir, Shovvot va Gurlan tumanlarida jami 4100 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 fevraldagi 02/20-170-son ma’lumotnomasi). Bunda mehnat unumdorligi oshgan, yoqilg‘i moylash mahsulotlari 15–20 foizga tejalib, mavsumiy suv miqdori 20–25 foizga iqtisod qilingan va gektaridan 1,5–3,0 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish