Umirzakov Begzod Ataboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Voyaga etmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olishni takomillashtirish», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu272.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumrinisa Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: O‘razaliev Murodbek Qoraevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlar jinoyatchiligiga kriminologik tavsif berish, uning oldini olishda mavjud muammolarni aniqlash, tahlil etish va sohaga oid nazariya va amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuman-shahar hududlarida yoshlar va voyaga etmaganlar bilan ishlash hamda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy asosda faoliyat ko‘rsatadigan jamoatchilik kengashini tashkil etish zarurligi asoslantirilgan;
umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarida, ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar zimmasiga o‘quvchilarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan turli to‘garaklar, qiziqishlari bo‘yicha klublar, seksiyalarini tashkil etish zarurati asoslantirilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasidagi ishlari voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarurligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash faoliyatida voyaga etmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud ularga nisbatan boshqa g‘ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslarni, shuningdek ularni moddiy jihatdan ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yohud hulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shavqatsiz muomilada bo‘layotgan ota-onalar yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlash, hisobini yuritish, shuningdek statistika hisobotini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish va umumlashtirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Voyaga etmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuman, shahar hududlarida yoshlar va voyaga etmaganlar bilan ishlash hamda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy asosda faoliyat ko‘rsatadigan jamoatchilik kengashini tashkil etishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi «Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 486-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturning 1 va 2-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 12/20-3-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi joylarda yoshlar va voyaga etmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar zimmasiga o‘quvchilarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan turli to‘garaklar, qiziqishlari bo‘yicha klublar, seksiyalar, shu jumladan, sport seksiyalarini tashkil etish vazifasini yuklashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 apreldagi «Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 237-son qarori 4-bandining «z» kichik bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 12/20-3-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ixtisoslashtirilgan sinflar o‘quvchilarida qonunga itoatkorlik hulq-atvorining shakllanishiga xizmat qilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasidagi ishlari voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarurligiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 12 iyuldagi «Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 151-son buyrug‘ining ikkinchi bobining 59-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining 2020 yil 16 iyundagi 26/7-1739-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi voyaga etmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilishga hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’ektlarining shuningdek, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarining hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash faoliyatida voyaga etmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud ularga nisbatan boshqa g‘ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslarni, shuningdek ularni moddiy jihatdan ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yohud hulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shavqatsiz muomalada bo‘layotgan ota-onalar yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlash, hisobini yuritish, shuningdek statistika hisobotini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish va umumlashtirish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 12 iyuldagi «Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi t o‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 151-son buyrug‘ining ikkinchi bobi 58-bandi uchinchi, beshinchi, ettinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n ikkinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining 2020 yil 16 iyundagi 26/7-1739-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olishga xizmat qilgan.