Raximov Ozodbek G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy nisbiylik nazariyasida burchak momentiga ega bo‘lgan zaryadli va magnitlangan zarralarning harakati», 01.03.01 – Astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FM240.
Ilmiy rahbar: Ahmedov Bobomurat Juraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Astronomiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Astronomiya instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.15.01.
Rasmiy opponentlar: Nuritdinov Saloxitdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mujdabaev Ismet Shevketovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta kuchli gravitatsion maydonlardagi magnitlangan zarralarning harakatini tadqiq etish, ichki aylanma barqaror orbitalarning bran parametr va magnit momentiga bog‘liq analitik echimlarini olish, qora tuynuk maydonida magnitlangan zarralarning qamrab olinishining effektiv kesim yuzasini hisoblashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qora tuynuk tomonidan magnitlangan zarralarni qamrab olinishi effektiv kesim yuzasining magnit momentga bog‘liqligi va ular uchun analitik ifodalar topilgan;
ilk bor bran modelida aylanmaydigan qora tuynuk atrofidagi magnitlangan zarralar uchun barqaror aylanma orbitalar mavjud bo‘lgan sohaning kengligi hisoblab chiqilgan;
zarrachaning magnit momenti mavjudligi uning qora tuynuk tomonidan gravitatsion qamrab olinish effektiv kesimi yuzasining kichrayishiga olib kelishi aniqlangan;
zarrachalarning hususiy va radial yo‘nalishlari orasidagi burchakning kritik qiymati uning magnit momentiga bog‘liq ravishda kamayishi aniqlangan;
ilk bor bran modelida qora tuynuk atrofida harakatlanuvchi magnitlangan zarralarning barqaror aylanma orbita radiuslari uchun aniq analitik echimlar topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burchak momentiga ega bo‘lgan zaryadli va magnitlangan zarralarning umumiy nisbiylik nazariyasidagi harakati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
magnitlangan zarralarning harakati va magnit effektlaridan Xindistonning Puna shahridagi Universitetlararo astronomiya va astrofizika markazida (UAAM) foydalanilgan (UAAMning (Hindiston) 2020 yil 4 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, deformatsiyalangan fazosida zarralarning magnitlanishi va ularning orbitasiga deformatsiyalangan fazoning ta’siri effektlarini hisoblab topish imkonini bergan;
bran dunyosi modelida magnitlangan zarralarning energetik hususiyatlaridan Xitoyning Chjeszyan texnologiya universitetida foydalanilgan (Chjeszyan texnologiyalar universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi, Xanchjou shahri) 2020 yil 7 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, zaryadli zarralarning barqaror orbitalari radiuslarini hisoblab topish imkonini bergan;
zaryadlangan zarralarning bran dunyosi modelidagi harakati bo‘yicha natijalar dunyo tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ishlarda foydalanilgan bo‘lib, jami 80 dan ortiq horijiy impakt faktori yuqori jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda aylanuvchi qora tuynuk atrofida tashqi zaryadlarning efektlari tavsiflash, shuningdek akkresiyalanuvchi moddaning tezligini hisoblashda foydalanilgan (Physical Review D, 2016; V.94: Issue 8, Web-Sc, IF-4,804; Astrophysics and Space Science, 2016, V.361: id91, Web-Sc, IF-1,495; The European Physical Journal C, 2020; V.80: Issue 11, Web-Sc, IF-4,389; Physica Scripta, 2020; V.95: Issue 8, id085008, Web-Sc, IF-1.866 va h.). Natijada, zaryadli zarralarning bran dunyosidagi harakati, aylanuvchi qora tuynuk atrofida tashqi zaryadlarning effektlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan.