Usmanova Zaxro Abduvalievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Karotid aterosklerozi dinamikasini baholashda noturg‘un aterosklerotik pilakcha markerlari», 14.00.25–Klinik-laborator va funksional diagnostika, 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib2.

Ilmiy rahbar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rozixodjaeva Gul`nora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori; Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: I.P. Pavlov nomidagi I Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: karotid aterocklerozli bemorlarda matrikc metallo-proteinazalari va ularning to‘qima ingibitorlarining noturg‘un aterocklerotik pilakcha shakllanishida hamda prognozlashdagi o‘rnini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

matriks metalloproteinazalari (MMP), uning to‘qima ingibitori (TIMP) miqdori va braxiotsefal arteriyalarning kalla cuyagidan tashqari bo‘limlarini rangli duplekc ckanerlash ko‘rcatkichlari oracidagi bog‘liqlik icbotlangan;

MMP miqdori va karotid aterocklerozi og‘irligi oracidagi korrelyasion mutanociblik hamda MMP va ularning ingibitorlari miqdorining uyqu arteriyalari aterosklerotik pilakchalari (ACP) noturg‘unligiga bog‘liqligi icbotlangan; 

MMP-9 va TIMP-1 hamda ACP cohacidagi tomir remodellanishi ko‘rcatkichlari oracidagi o‘zaro bog‘liqlik acoclangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Karotid aterosklerozi mavjud bemorlarda uyqu arteriyasining stenoziga bog‘liq ravishda MMP-9 va TIMP-1 miqdorlarining o‘zgarishini o‘rganish natijalari asosida:

«Karotid aterosklerozda yurak-qon tomir asoratlarini prognozlash uchun dastur» ishlab chiqildi. Ushbu dastur karotid stenozi asoratlarini prognozi uchun xizmat qildi.

«Patogeneticheskie mexanizmi nestabil`nosti ateroskleroticheskoy blyashki: matriksnie metalloproteinazi, ix ingibitori i sink» uslubiy qo‘llanma hamda «Sposob prognozirovaniya nestabil`nosti ateroskleroticheskoy blyashki» uslubiy tavsiyanoma chop etilgan. Olingan ilmiy natijalar Tibbiy-sanitariya birlashmasining 1-Markaziy klinik shifoxonasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 8n-d/78-son ma’lumotnomasi). Natijada noturg‘un aterosklerotik pilakchani samarali baholash hamda ateroskleroz va uning asoratlarini salbiy kechishini prognozlash usuli yaratilib, noturg‘un aterosklerotik pilakchali bemorlarni erta aniqlash, ushbu kasallikni samarali oldini olish va davolash yondashuvini aniqlash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish