Tuychieva Oydin Sayfullaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XV-XX asr adabiyotida ayollarga bag‘ishlangan tazkiralar: an’anaviylik va novatorlik (o‘zbek va fors tillaridagi materiallar asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1169.
Ilmiy rahbar: [Sotiboldieva Sarvinoz Ruzievna], filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor; Quronbekov Ahmadqul,  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XV-XX asr adabiyotida ayollarga bag‘ishlab yozilgan tazkiralarning  adabiyot tarixida tutgan o‘rni, tazkiralardagi an’anaviylik va novatorlikni yoritib berish asosida forsiyda ijod qilib, ismlari tarix zarvaraqlarida qolib ketgan movarounnahrlik ayollar nomlarini ilk bor ilmiy muomalaga kiritishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrda 12 ta va XX asrda yaratilgan 7 ta tazkira ilk marta adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinib, Ruqiyabonu, Sito un-niso, Iffatiy, Davlat, Ofoq Begim Jaloyir, Podshoh Xotun, Mehriy, Mahastiy, Kavkab, Ismat Begim, Orzu Samarqandiy kabi ayollarning ijodi ilmiy muomalaga olib kirilgan;
24 ta tazkirani qiyosiy o‘rganish asosida 200 ga yaqin ayollar bilan bog‘liq ma’lumotlar 14 ta diagramma va 11 ta jadval asosida ko‘rsatilib, ba’zi shoiralarning ismlari yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar  aniqlangan; 
Sharq adabiyotida ayollarga bag‘ishlangan turkiy va forsiy tildagi tazkiralarning “Javohir ul-ajoyib”, “Axtare tobon”, “Otashkade” kabi shakllanish bosqichlari va rivojlanish bosqichlarining davriy o‘zgarishlari misollar asosida ochib berilgan; 
ayollarga bag‘ishlangan turkiy va forsiy tildagi tazkiralarda mumtoz an’anaga individual ijodiy tafakkur mezonlaridan kelib chiqib yondashish badiiy mazmun uchun asos vazifasini o‘taganligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XV-XX asr adabiyotida ayollarga bag‘ishlangan tazkiralar: an’anaviylik va novatorlik masalalari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
XV-XX asrlar sharq adabiyotida ayollarga bag‘ishlangan turkiy va forsiy tildagi tazkiralarda nomlari zikr etilgan ijodkorlar adabiy merosi, XV-XX asrlar Hirot adabiy muhiti taniqli namoyandalari Alisher Navoiy, Faxriy Hiraviy, Husayn Bayqaro va boshqa o‘nlab shoirlarga oid aniqlangan biografik  ma’lumotlardan A-1-117 raqamli “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomli  Sharq qo‘lyozmalari markazi (asosiy) fondidagi filologiyaga oid qo‘lyozmalarni tavsiflash” mazusidagi (2015-2017) amaliy loyihaning ijodkorlar biografiyasini tiklash va boyitish qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining  2020 yil 14 avgustdagi  3/1255-1649-son ma’lumotnomasi). Natijada, tazkiralar orqali XV-XX asrlar Hirot adabiy muhitiga oydinlik kiritilgani, nomlari ma’lum bo‘lmagan  o‘nlab shoirlar biografiyasiga oid ma’lumotlar aniqlanishiga asos bo‘lgan;
adabiy ta’sir, badiiyat ilmi va ayollarga bag‘ishlangan tazkiralarda qo‘llangan mumtoz obrazlar, Sharqdagi adiba ayollar adabiy merosining qimmati, tazkiralardagi adabiyot tarixida nomlari va she’rlari noma’lum bo‘lib kelgan ijodkorlar asarlari tahlili, tazkiralarda ifodalangan adibalarning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o‘rnini belgilashga oid  ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Respublika Tojik milliy madaniy markazi tomonidan o‘tkazilgan «Til millat ko‘zgusidir» mavzusidagi anjuman dasturi va ma’ruza  materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika tojik milliy madaniy markazining 2019 yil 9 oktyabrdagi 01-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ilmiy, ma’naviy, madaniy istiqbolga erishishlariga foydali ilmiy material bo‘lib xizmat qilgan;
XV-XX asr adabiyotida ayollarga bag‘ishlangan tazkiralar, jumladan, XIX asrda 12 ta va XX asrda yaratilgan 7 ta tazkira ilk marta adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinib, Ruqiyabonu, Sito un-niso, Iffatiy, Davlat, Ofoq Begim Jaloyir, Podshoh Xotun, Mehriy, Mahastiy, Kavkab, Ismat Begim, Orzu Samarqandiy kabi ayollarning ijodi haqidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  “Yoshlar” teleradiokanalida efirga uzatiladigan “Oqshomga qadar” dasturi “Yoshlar mehmonxonasi” sahifasi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining 2019 yil 12 noyabrdagi 14-03-393-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish