Matyoqubov Suxrobbek Ko‘palovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turlararo murakkab duragaylarni qimmatli xo‘jalik  belgilari bo‘yicha genetik-sitologik baholash asosida seleksiya  uchun boshlang‘ich ashyo yaratish”, 06.01.05- seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx451.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Saida Abdusamatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jumashev Mamur Musaxonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksprimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi introgressiv g‘o‘za tizmalarining xo‘jalik uchun qimmatli belgilari bo‘yicha donorlik xususiyatlarini aniqlash, murakkab genetik asosga ega duragaylarda belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishi borasidagi genetik hamda sitologik qonuniyatlari asosida amaliy seleksiya uchun boshlang‘ich ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba turli genetik asosga ega bo‘lgan yangi T-4684-86/16, T-4679-81/16, T-138/16, T-470/1/16, T-95/16, T-200/16, T-BSG/16, T-12/06/16  va T-1979/16 introgressiv g‘o‘za tizmalarining kombinatsion qobiliyatiga baho berilgan va ulardan xo‘jalik uchun qimmatli belgilar bo‘yicha qimmatli donorlar sifatida foydalanish mumkinligi aniqlangan;
yangi introgressiv g‘o‘za tizmalari ishtirokida yaratilgan F1 murakkab duragaylarida aksariyat o‘rganilgan xo‘jalik uchun qimmatli belgilari bo‘yicha barcha xildagi irsiylanish, ya’ni ijobiy va salbiy oraliq, to‘liq dominantlik hamda geterozis yuz berishi aniqlangan;
yangi introgressiv g‘o‘za tizmalari ishtirokida olingan F2-F3 murakkab duragaylarida tola chiqimi, tola uzunligi va bir dona ko‘sakdagi paxta vazni kabi belgilar bo‘yicha keng o‘zgaruvchanlik kuzatilishi hamda ushbu belgilar bo‘yicha ijobiy rekombinantlarni tanlash asosida qimmatli seleksion ashyolarni yaratish mumkinligi tasdiqlangan; 
turlararo murakkab duragaylash orqali yaratilgan yangi seleksion ashyolarni V.dahliae zamburug‘ining aralash irqlari bilan kuchli zararlangan muhitda kasallanishini o‘rganish orqali T-29/08, T-470/1/16, T-2020/5, T-2020/7, T-2020/29, T-2020/41 tizmalarining nisbatan bardoshliligi aniqlangan hamda genetik-seleksion tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish mumkinligi aniqlangan;
ilk marotaba introgressiv g‘o‘za tizmalari hamda ularning Sulton navi  ishtirokida yaratilgan duragaylarida pushtlilik darajasi, sporodalar miqdori hamda meyoz jarayonidagi xromosomalar kon’yugatsiyasi kabi sitogenetik ko‘rsatkichlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turlararo murakkab duragaylarni qimmatli xo‘jalik  belgilari bo‘yicha genetik-sitologik baholash asosida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
turlararo duragaylash usuli orqali qimmatli xo‘jalik belgilarning yuqori majmuasiga ega, vertisillyoz viltga bardoshli, yuqori hosildor, tezpishar va tola chiqimi yuqori bo‘lgan T-470/1/16 va T-2020/5 tizmalari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 02/020-4664-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi yaratilgan g‘o‘za tizmalaridan genetik tadqiqotlar va qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega navlar seleksiyasi jarayonida boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilmoqda.
qimmatli xo‘jalik belgilarning yuqori majmuasiga ega, V.dahliae kasalligiga bardoshli, hosildor va tola chiqimi yuqori bo‘lgan yangi S-7316 g‘o‘za navi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Oqqo‘rg‘on tajriba xo‘jaligi” maydonlariga joriy etilib, birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 02/020-4664-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navning o‘rtacha paxta hosildorligi 36,2 s/ga.ni tashkil etib, andoza S-6524 naviga nisbatan 3,0-4,5 s/ga yuqori hosil olingan va rentabellik darajasi 25,5-28,0 foizga oshgan. 
o‘rta tolali S-7316 g‘o‘za navi 2020 yilda Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Markazining “Gruntnazorat” nav sinovida o‘rganilib, nav tozaligi 96% dan yuqori bo‘lganligi uchun 2021 yildan Markazning turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan nav sinash stansiya va uchastkalarida foydali belgilari bo‘yicha konkurs nav sinoviga joriy etildi (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Markazining 2021 yil 5 yanvardagi №T-6/01-07-3 son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za genofondini qimmatli xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuasiga ega hamda tola sifati IV-tiga mansub va hosildorligi yuqori bo‘lgan nav bilan boyitish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish