Xusanov Sardorbek Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlarida kuzgi bug‘doy va takroriy ekiladigan soyaning yangi navlarini sug‘orish tartibini o‘rganish”, 06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx.199.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xasanov Maqsud Marufovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy va takroriy muddatda parvarishlangan soyaning yangi navlarining maqbul sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining sizot suvlari sathi 1,5-2 metrda joylashgan o‘tloqi tuproqlarida kuzgi bug‘doyning Tanya, Kalim, Vershina, Andijon-4 navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-75% tartibda 1-2-1 tizimda va takroriy muddatda ekilgan soyaning To‘maris va Oyjamol navlarini 70-75-65% tartibda 1-2-1 tizimda sug‘orish o‘tkazish maqbul ekanligi aniqlangan;
turli sug‘orish tartiblarida kuzgi bug‘doyning suv iste’moli aniqlanib, bir sentner don hosili etishtirish uchun sarflangan eng kam suv sarfi sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-75% belgilangan variantlarda kuzgi bug‘doyning “Vershina” navida 58,4 m3/s, “Kalim” navida 58,5 m3/s, “Andijon-4” navida 59,6 m3/s ni bo‘lishi aniqlangan;
turli sug‘orish tartiblarida takroriy ekin sifatida parvarishlangan soyaning sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% belgilangan variantlarda “To‘maris” navida 81,3 m3/s, “Oyjamol” navida 86,4 m3/s ni tashkil etganligi aniqlangan;
sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan kuzgi bug‘doyda 75-75-75% bo‘lgandaTanya, Vershina, Kalim, Andijon-4 navlarining o‘suv davri davomida va oxirida poya balandligi, mahsuldor poyalar soni, boshoq uzunligi, bir boshoqdagi donlar soni, 1000 dona don og‘irligi, don va somon hosili, doni tarkibidagi kleykovina vaoqsilmiqdori oshganligi aniqlangan;
sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan soyada 70-75-60% bo‘lganda soyaning To‘maris va Oyjamol navlarinng o‘suv davri davomida va oxirida poya balandligi, hosil shoxlar soni,barg soni, 1 ta o‘simlikdagi dukkak soni, 1 ta dukakdagi urug‘ soni, 1 ta o‘simlikdagi urug‘ vazni, 1000 dona urug‘ vazni, don hosili va moy miqdori oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy va takroriy muddatda parvarishlangan soyaning maqbul sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kuzgi bug‘doy va takroriy muddatlarda soyani etishtirish uchun “Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlarida takroriy ekiladigan soyaning yangi navlarini maqbul sug‘orish tartiblari bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 02/020-1768-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Andijon viloyati sharoitida agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun kuzgi bug‘doyning Tanya, Vershina, Kalim, Andijon-4 navlari va takroriy muddatda soyaning To‘maris va Oyjamol navlarini etishtirish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doyning Tanya, Vershina, Kalim, Andijon-4 navlari tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-75% hamda takroriy muddatda ekilgan soyaning To‘maris va Oyjamol navlari 70-75-65% tartibda sug‘orish texnologiyalari Andijon viloyati Andijon va Izboskan tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 02/020-1768-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida tuproqda maqbul namlik tartibi yaratilib, bir marta kam sug‘orish hisobiga 450-500 m3/ga sug‘orish suvlari tejalgan hamda 76,3 s/ga kuzgi bug‘doy va 22,3 s/ga soya doni hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doy navlarini o‘suv davrida 1-2-1 tizimda va mavsum davomida gektariga o‘rtacha 2250-2380 m3 me’yorlarda sug‘orish tartiblari Andijon tumanidagi “Axmadali”, “Soyguzar ko‘rki”, “Sokin buloq” fermer xo‘jaliklarida 228 gektar va Izboskan tumanidagi “Boyto‘ra hosil baraka”, “Izboskan iqtidor ishonch”, “Poytug‘ porloq kelajagi”, “Xursanbek sabr kelajagi”, “Asronov Elmurod umidi” fermer xo‘jaliklarida 178 gektar jami 406 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18-iyundagi 02/020-1768-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mazkur fermer xo‘jaliklarida gektaridan 400 m3 suv tejalgan, kuzgi bug‘doy don hosili gektariga o‘rtacha 74,4-76,3 sentnerni tashkil etgan;
takroriy muddatlarda ekilgan soya navlarini o‘suv davrida 1-2-1 tizimda va mavsum davomida gektariga o‘rtacha 2150-2270 m3 me’yorlarda sug‘orish tartiblari Andijon tumanidagi “Ulug‘bek ilg‘or dalasi”, “Nihol”, “Oq oltin orzusi zamini”, “Xasanboy soxibi”, “Valixon keng dalasi” fermer xo‘jaliklarida 33,6 gektar va Izboskan tumanidagi “Izboskan imkon zamini”, “Chuvama kelajagi”, “Mirzasulton xoji” fermer xo‘jaliklarida 26,9 gektar jami 60,5 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18-iyundagi 02/020-1768-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fermer xo‘jaliklarida gektaridan 500 m3/ga suv tejalgan, 22,3- 21,8 sentnergacha soya doni hosili olish ikoniyati yaratilgan va rentabellik darajasi 98,4 foizni tashkil etgan.