Xazratov Alisher Isamiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yo‘g‘on ichak raki bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining morfofunksional holati (klinik-eksperimental tadqiqot)”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/tib1253.
Ilmiy raxbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02.
Rasmiy opponentlar: Iordanishvilli Andrey Konstantinovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Yuldashev Abduazim Abduvalievich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tokai markaziy gospitali (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yo‘g‘on ichak raki bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarining struktur-funksional xolatini erta tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘g‘on ichak raki mavjud bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i so‘lak yopishqoqligi va kislotali muxitning ortishi xisobiga yallig‘lanish jarayonlari va immunologik beqarorlik kuzatilishi aniqlangan;
onkotoksikatsiya ta’sirida qondagi IgA, IgG, IgMlarning miqdori o‘zgarishi og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida patologik jarayon rivojlanishi bilan kechishi isbotlangan;
bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ida agressiv parodontitlarni va OBShQ yarali-nekrotik ko‘rsatkichlari prognostik marker sifatida ko‘llash mumkinligi isbotlangan; 
ilk bor modellashtirilgan eksperimental kalamushlarda kanserogenez sharoitida yo‘g‘on ichak raki chaqirilib, OBShQda yaqqol morfo-funksional buzilishlar va immun tizimining omillarini beqarorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p omilli kasallik hisoblangan yo‘g‘on ichak rakini erta tashxislash va davolashni takomillashtirishni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
kasallikni xavf omillarini, OBShQning funksional va morfologik ko‘rsatkichlari holatidan kelib chiqib kasallikni erta bosqichlarida aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Eksperimental kanserogenezda metabolik buzilishlar” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/475-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi yo‘g‘on ichak saratonida xavf omillarini o‘z vaqtida  aniqlash asosida kasallikni erta tashxislash va asoratlarining oldini olish imkonini bergan; 
yo‘g‘on ichak rakida OBShQning funksional va morfologik ko‘rsatkichlari holati kasallikni erta tashxislash, xavf omillarini va komorbid holatlarni aniqlash, davolashda dasturlashtirilgan tizimning samaradorligini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazining Samarqand filiali klinik amaliyotiga tatbiq etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi  8n-d/216-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi yo‘g‘on ichak raki kasalligida tashxislash sifatini yaxshilash, davolash jarayonida ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishni sezilarli darajada kengaytirilishi kasallik asoratlari 1,5 baravarga kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish